Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Ortiq Fayzullayev 90 yoshda!

Ortiq Fayzullayev 90 yoshda!

O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi, akademik, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasi «E’tirof–2013» milliy mukofoti sohibi, yog‘och va suyak o‘ymakori, xalq amaliy san’ati ustasi Ortiq Fayzullayevni tavallud kuni bilan muborakbod etamiz! Ijodkorga uzoq umr, oilaviy baxt-saodat va ijodlarida ulkan zafarlar doim bardavom bulishini tilaymiz! Ortiq Fayzullayevning asarlari badiiy yetukligi, mazmunan…

O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi, akademik, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasi «E’tirof–2013» milliy mukofoti sohibi, yog‘och va suyak o‘ymakori, xalq amaliy san’ati ustasi Ortiq Fayzullayevni tavallud kuni bilan muborakbod etamiz! Ijodkorga uzoq umr, oilaviy baxt-saodat va ijodlarida ulkan zafarlar doim bardavom bulishini tilaymiz!

Ortiq Fayzullayevning asarlari badiiy yetukligi, mazmunan teranligi, usulining yuksakligi bilan ajralib turadi, yog‘och o‘ymakorligi an’analaridan keng foydalanib, zamon ruhiga monand o‘ziga xos yangi jilo va bezaklar yaratdi. Kursi, xontaxta, qutichalar, lavhlar, sandiqchalar va stollarni o‘yma naqshlar bilan bezagan, namoyon panjaralari bejirim, nafisligi bilan ajralib turadi. Ortiq Fayzullayevning – o‘zbek ustalari orasida suyak o‘ymakorligi bilan shug‘ullangan yagona usta. «Cho‘pon», «Lazgi o‘yini», «Kurant», «Navoiy haykali», «Qalamdon», «Paxta o‘yini», «Yakkama-yakka» va boshqa asarlari ko‘rgazmalarda namoyish etilgan.

100 dan ortiq asarlari bilan Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Turkiya, Belgiya, Latviya, Shvesiya, Italiya, Kipr, Avstraliya va O‘zbekistonda o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etgan Pokiston Islom Respublikasining Islomobod shahrida bo‘lib o‘tgan 46 ta islom davlatlari hunarmand ustalarining «Ustalar ish ustida» xalqaro I festivalida Pokiston Prezidentining maxsus sovrini bilan taqdirlangan. BMTning 50 yilligi munosabati bilan Toshkentda o‘tkazilgan «O‘zbekiston hunarmandlari» yarmarkasida YUNESKOning yuksak mukofoti va diplom sertifikatiga sazovor bo‘lgan.

Ortiq Fayzullayevring  xonadoniga tavallud kuni munosabati bilan Respublika”Hunarmand” uyushmasi mas’ul xodimlari   borishdi, usta hunarmand bilan suhbatlashib, ularni Uyushma raisi Ulug‘bek Abdullayev va “Hunarmand” uyushmasi jamoasi nomidan qutlashdi va esdalik sovg‘alari topshirishdi. Ijodkorga uzoq umr, oilaviy baxt-saodat va ijodlarida ulkan zafarlar doim bardavom bo’lishini  tilaymiz!

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi jamoasi

Author: Uyushma axborot xizmati