Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Toshkent xalqaro investitsiya forumi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi

2020 yil 5-6 mart kunlari Oʼzbekistonda birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boʼlib oʼtadi. Forum eksklyuziv tadbir boʼlib, oʼz maydonida 1500 dan ortiq xorijiy va milliy kompaniyalar rahbarlarini, investorlarni, eksportchilarni va xalqaro ommaviy axborot vositalarini toʼplash uchun xizmat qiladi. Tadbir Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev tashabbusi bilan oʼtkazilmoqda. Forum dasturi boʼyicha qator yoʼnalishlarda panel sessiyalari oʼtkazilishi…

2020 yil 5-6 mart kunlari Oʼzbekistonda birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boʼlib oʼtadi.
Forum eksklyuziv tadbir boʼlib, oʼz maydonida 1500 dan ortiq xorijiy va milliy kompaniyalar rahbarlarini, investorlarni, eksportchilarni va xalqaro ommaviy axborot vositalarini toʼplash uchun xizmat qiladi.
Tadbir Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev tashabbusi bilan oʼtkazilmoqda.
Forum dasturi boʼyicha qator yoʼnalishlarda panel sessiyalari oʼtkazilishi koʼzda tutilgan, jumladan: “Biznes uchun ochiqlik”, “Mintaqaviy aloqalarni chuqurlashtirish”, “Texnologik innovatsiyalarni qoʼllash”.
Forum tashkilotchisi – Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.
Forum operatori – “InterForum” DUK.
Forumda ishtirok yetish uchun www.tiif.uz sayti orqali roʼyxatdan oʼtish mumkin.

Author: Uyushma axborot xizmati