Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Baroqxon madrasasida usta hunarmandlarning ustaxonalariga yoshlarning tashrifi uyushtirildi

Baroqxon madrasasida usta hunarmandlarning ustaxonalariga yoshlarning tashrifi uyushtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusning birinchi yo‘nalishi, yoshlarni musiqa, rassomchilik, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishini oshirish, o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishiga ko‘maklashish maqsadida «Hunarmand» uyushmasining Toshkent shahri boshqarmasi tomonidan tajribali hunarmandlar tomonidan yoshlar, xotin-qizlar orasida hunarmandchilikning yo‘nalishlari, hunarmandlarga yaratilgan imkoniyatlar tushuntirilmoqda, ustalar tomonidan mahorat darslari tashkil etilmoqda, hunarmadlar faoliyati tanishtirilmoqda.
Joriy yilning 14-yanvar kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashagan Baroqxon madrasasida usta hunarmandlarning ustaxonalariga yoshlarning tashrifi uyushtirildi. Tadbir «Hunarmand» uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi tashabbusi bilan Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.
Usta hunarmandlarning ustaxonalariga Olmazor tumanidagi 28-sonli umumta’lim maktabining 15 nafardan ortiq o‘quvchi qizlar ishtirok etdi.
Hunarmand kashtado‘z Nasiba Isxakova hunarmandchilikning kashtachilik yo‘nalishida faoliyat olib boradi. N.Isxakova yurtimizda o‘tkazilgan ko‘plab ko‘rgazmalar g‘olibi. Hunarmand N.Isxakova o‘z ustaxonasida o‘quvchi yoshlarga kashtachilik qadimiy hunar turi ekanligi uning tarixi, sir-asrorlari haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, mahorat darsi o‘tkazib, qizlarga kashtachilik hunariga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otdi.
Mahorat darsi ishtirokchi qizlarga o‘z qo‘li bilan kashta tikish imkoniyatini berdi. Mahorat darsidan so‘ng, ishtirokchi qizlar ustaga shogird bo‘lish niyati borligini ham bildirdi.

 Uyushma Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati