Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Buxorolik hunarmand ayol Prezident Mirziyoyevga: auksiondan do‘kon sotib ololmayman”-degan mazmundagi videomaterialiga rasmiy munosabat

“Buxorolik hunarmand ayol Prezident Mirziyoyevga: auksiondan do‘kon sotib ololmayman”-degan mazmundagi videomaterialiga rasmiy munosabat

    2023 yilning 15 iyun kuni “Eltuz” internet sayti ijtimoiy tarmog‘i orqali “Buxorolik hunarmand ayol Prezident Mirziyoyevga: auksiondan do‘kon sotib ololmayman”-degan mazmundagi videomaterial e’lon qilingan edi ( https://t.me/eltuz2022/21539 ). Videomaterialda Buxoro shahridagi Toqi Zargaron majmuasida qariyb 30 yildan buyon gilam to‘qib kelayotgan hunarmand Gavhar Saidovaning auksion orqali o‘z do‘konini sotib ololmasligi ta’kidlangan.  Ushbu videomaterialda…

    2023 yilning 15 iyun kuni “Eltuz” internet sayti ijtimoiy tarmog‘i orqali “Buxorolik hunarmand ayol Prezident Mirziyoyevga: auksiondan do‘kon sotib ololmayman”-degan mazmundagi videomaterial e’lon qilingan edi ( https://t.me/eltuz2022/21539 ).
Videomaterialda Buxoro shahridagi Toqi Zargaron majmuasida qariyb 30 yildan buyon gilam to‘qib kelayotgan hunarmand Gavhar Saidovaning auksion orqali o‘z do‘konini sotib ololmasligi ta’kidlangan.

 Ushbu videomaterialda qilingan murojaatda keltirilgan ma’lumotlarni Respublika “Hunarmand” uyushmasining mas’ul vakillardan iborat ishchi guruhi tomonidan joylarga chiqqan holda o‘rganildi hamda hunarmand bilan suhbatlashildi.

Xususan, Buxoro viloyati boshqarma boshlig‘i Akbar Muhammedov hunarmand Gavhar Saidova bilan suhbatlashib, 2023 yil 12 iyunda “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qabul qilinganligi Prezident Farmonining quyidagi mazmun mohiyati tushuntirib berilgan:
Farmonga ko‘ra Davlat mulki bo‘lgan madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’yektlarida hunarmandlar joylashuvini ta’minlash maqsadida 2023 yil 1 iyuldan ijaraga berish bo‘yicha auksion savdolarini faqatgina Milliy katalog va Turizm reyestriga kiritilgan hunarmandlar orasida o‘tkazish tartibi belgilanganligi qayd etilgan.
Shu bilan birga, madaniy meros ob’yektlarining boshlang‘ich narxi amaldagi stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan holda auksionga chiqarilib, 5 yil muddatga ijaraga berilishi to‘g‘risida rasmiy shartnoma imzolanadi.
Ushbu muddat o‘tganidan so‘ng shartnoma shartlari to‘liq bajarilgan taqdirda, ijara muddati yana 5 yilga, qadimiy sulola davomchilari uchun esa 10 yilga uzaytiriladi.

 Toqi zargaron me’moriy yodgorligi 16-asrda qurilgan. Ushbu majmua Buxorodagi toqilarning eng yirigi va mujassamoti jihatidan murakkabi hisoblanadi. O‘tmishda bu yerda 36 zargarlik ustaxonasi va do‘konlar bo‘lgan. Atrofiga savdo rastalari, ombor, karvonsaroylar qurilgan.
Bugungi kunda Toqi Zargaron majmuasida hunarmandchilikning gilamchilik, zargarlik, miniatyura, rangtasvir, naqqoshlik va bo‘yoqli naqshlar tayyorlash, kandakorlik, miskarlik buyumlarini tayyorlash, musiqa asboblarini tayyorlash kabi yo‘nalishlarda 23 nafar hunarmandlar faoliyat olib bormoqdalar.

 “Hunarmand” uyushmasi tomonidan hunarmandlarning har bir murojaatlari e’tiborda. Hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa sulola davomchilarini faoliyatlarini davom ettirishlari uchun muammolarni o‘rgangan holda o‘z vakolati doirasida mazkur farmonda o‘rnatilgan tartibda amalga oshirishda ko‘maklashadi.

“Hunarmand” uyushmasi Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati