Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi a’zolarining 46 foizini xotin-qizlar tashkil etadi

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi a’zolarining 46 foizini xotin-qizlar tashkil etadi

O‘tgan 2021 yilda jami 65 972 ta ish o‘rni yaratilgan, shundan 33 017 nafari hunarmand ayollar (shogirdlari bilan) tashkil etgan. Joriy yilda 1 mart holatiga jami 13 453 ta ish o‘rni yaratildi, shundan 8394 nafari ayollar (shogirdlari bilan) hissasiga to‘g‘ri keldi. 2018-2021 yillar davomida: – jami 35 313 ta hunarmandchilik loyihalari amalga oshirilgan (shundan 18…

O‘tgan 2021 yilda jami 65 972 ta ish o‘rni yaratilgan, shundan 33 017 nafari hunarmand ayollar (shogirdlari bilan) tashkil etgan.

Joriy yilda 1 mart holatiga jami 13 453 ta ish o‘rni yaratildi, shundan 8394 nafari ayollar (shogirdlari bilan) hissasiga to‘g‘ri keldi.

2018-2021 yillar davomida:
– jami 35 313 ta hunarmandchilik loyihalari amalga oshirilgan (shundan 18 300 tasi, ya’ni 52 foizi ayollar ulushi). Ushbu loyihalarga 1 112,7 mlrd. so‘mlik imtiyozli kreditlar (shundan 519 mlrd. so‘mi, ya’ni 47 foizi ayollar ulushi) ajratilgan.

– 77,82 gektar maydonga qiymati 444,5 mlrd. so‘mlik 70 ta hunarmandchilik markazlari tashkil etilib, 3831 ta yangi ish o‘rni (1769 nafari ayollar) yaratildi.

– 2019-2021 yillarda Uyushma mablag‘lari hisobidan 141 ta o‘quv kurslari tashkil etildi. 1 470 nafardan ortiq ayollar o‘qitildi. Ularning 80 nafari turli millat vakillari. Ustalarga 141 mln. so‘m ish haqi to‘lab berildi;

– 2019-2021 yillarda barcha Jazoni ijro etish muassasalari, jumladan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 21-son ayollar JIEMida usta-shogird an’analari asosidagi o‘quv kurslari tashkil etilib, 240 ta o‘quv kursi o‘tkazilgan. Muvaffaqiyatli tugatgan 2350 nafar mahkumga sertifikat berilgan.

–O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda “Hunarmand” uyushmasi tomonidan usta-shogird maktablari uchun hunarmandchilikning 19 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturlari tasdiqlandi. Hozirgi kunda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar ishlanmoqda;

-O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixona va vakolatxonalari ko‘magida MDH, Yevropa va AQSH davlatlariga jami 41 mln. 900 ming (ayol hunarmandlar ulushi 10 mln. 900 ming) AQSH dollari miqdorida kulolchilik, kashtachilik, zardo‘zlik, yog‘och o‘ymakorligi hunarmandchilik mahsulotlari eksport qilindi;

-respublikaning 14 ta hududida jami 16 ta klaster tashkil etilgan bo‘lib, ushbu klasterlara 3 ming nafar ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan

Author: Uyushma axborot xizmati