Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Akobir Hakimov Qashqadaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan turli millat va elatlarning vakillari bo‘lgan hunarmandlar bilan uchrashdi

Akobir Hakimov Qashqadaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan turli millat va elatlarning vakillari bo‘lgan hunarmandlar bilan uchrashdi

            O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan 2020 yil avgustda imzolangan “Xalq hunarmandchiligi, shu jumladan turli millat va elatlarga xos hunarmandchilik tarmoqlarini rivojlantirish orqali sohaga oid tadbirkorlik yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish va aholini o‘zini o‘zi band qilishga o‘rgatish bo‘yicha” Yo‘l xaritasida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida “Hunarmand” uyushmasi tomonidan respublikamizning barcha hududlarida…

            O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan 2020 yil avgustda imzolangan “Xalq hunarmandchiligi, shu jumladan turli millat va elatlarga xos hunarmandchilik tarmoqlarini rivojlantirish orqali sohaga oid tadbirkorlik yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish va aholini o‘zini o‘zi band qilishga o‘rgatish bo‘yicha” Yo‘l xaritasida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida “Hunarmand” uyushmasi tomonidan respublikamizning barcha hududlarida turli millat va ellat vakillari bo‘lgan hunarmandlarni jalb etgan holda mahorat darslari va hunarmandlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

            Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani tog‘li hudud hisoblanadi. Tumanda turli millat va ellat vakillari inoq yashab kelmoqda.

            Prezidentimizning 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilingandan oldin hududda hunarmanchilik rivojlanmagan edi.

            Davlatimiz rahbarining farmonlaridan so‘ng Dehqonobod tumanida ham hunarmandchilik keng targ‘ib qilindi bugungi kunda tumanda 900 nafar hunarmand faoliyat olib bormoqda. Ularning yarmidan ko‘pi turli millat va ellat vakillaridir.

            O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi rais o‘rinbosari Akobir Hakimov Qashqadaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan turli millat va ellatlarning vakillari bo‘lgan hunarmandlar bilan uchrashib, suhbatlashmoqda, faoliyatidagi muammolarni o‘rganib , joyida hal qilish choralarini ko‘rmoqda.

            Joriy yilning 30 sentyabr kuni Uyushma rais o‘rinbosari Akobir Hakimov Dehqonobod tumanida faoliyat olib borayotgan tojik, turkman millatiga mansub hunarmandlar bilan uchrashdi, ularni faoliyati bilan tanishdi va hunarmandchilikni yanada rivojlantirish, usta-shogird maktablari orqali aholi ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligi ta’minlash masalalariga ham e’tibor qaratdi.

Uyushma Axborot xazmati

Author: Uyushma axborot xizmati