Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va “Hunarmand” uyushmasining Navoiy viloyatidagi Jazoni ijro etish muassasasida òtkizilgan tadbirdan lavxalar

O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va “Hunarmand” uyushmasining Navoiy viloyatidagi Jazoni ijro etish muassasasida òtkizilgan tadbirdan lavxalar

Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 11-sonli Jazoni ijro etish muassasasida O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Navoiy viloyat Boshqarmasi boshlig‘i J. Jumayev, Toshkent shahar Milliy teatri aktyori A.Qobilov, Navoiy davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi Sh.Aslonov, koloniya boshlig‘i podpolkovnik A.L.Ashirov, koloniya boshlig‘i o‘rinbosarlari, sohaviy bo‘lim boshliqlari ishtirokida hunar o‘rganganligi uchun sertifikat topshirish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi,…

Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 11-sonli Jazoni ijro etish muassasasida O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Navoiy viloyat Boshqarmasi boshlig‘i J. Jumayev, Toshkent shahar Milliy teatri aktyori A.Qobilov, Navoiy davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi Sh.Aslonov, koloniya boshlig‘i podpolkovnik A.L.Ashirov, koloniya boshlig‘i o‘rinbosarlari, sohaviy bo‘lim boshliqlari ishtirokida hunar o‘rganganligi uchun sertifikat topshirish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va “Hunarmand” uyushmasining “Jazoni ijro etish tizimida “Ustoz-shogird” maktablari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga asosan 6 yo‘nalishi bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.  Tadbir so‘ngida, Yurtimiz bo‘ylab, “30 iyun Yoshlar kuni” munosabati bilan Toshkent shahar Milliy teatri aktyori A.Qobilov hamda Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Navoiy San’at kolleji “Musiqa kafedrasi” o‘qituvchisi Sh.Aslonov boshchiligida xonanda va sozandalarni musiqiy tadbiri tashkil etildi.

Author: Uyushma axborot xizmati