Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > “Ayollar daftari”da bo‘lgan xotin-qizlarga hunarmandchilik yarmarkasi va mahorat darslari o‘tkazildi

“Ayollar daftari”da bo‘lgan xotin-qizlarga hunarmandchilik yarmarkasi va mahorat darslari o‘tkazildi

Bugun tumanida 2022-2023 yillarda “Ayollar daftari”da bo‘lgan, kredit va subsidiya ajratilishi orqali tadbirkorlik, xunarmandchilik va kasanachilikni yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlar hamda ishlash istagidagi 30 nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirokida hunarmandchilik yarmarkasi o‘tkazildi. Tadbir davomida xunarmand ayollar mahorat darslari ham o‘tdi. Tadbir yakuni bilan 12 nafar, shundan 3 nafari milliy qo‘g‘richoq tayyorlash, 3 nafari sun’iy gul, 2 nafari…

Bugun tumanida 2022-2023 yillarda “Ayollar daftari”da bo‘lgan, kredit va subsidiya ajratilishi orqali tadbirkorlik, xunarmandchilik va kasanachilikni yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlar hamda ishlash istagidagi 30 nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirokida hunarmandchilik yarmarkasi o‘tkazildi.

Tadbir davomida xunarmand ayollar mahorat darslari ham o‘tdi. Tadbir yakuni bilan 12 nafar, shundan 3 nafari milliy qo‘g‘richoq tayyorlash, 3 nafari sun’iy gul, 2 nafari ko‘rpa-to‘shak , 4 nafari savat to‘qishga “Usta-shogird” usulida shogirdlikka biriktirildi. 1 nafar ko‘rpa-to‘shak va kirg‘iz milliy liboslari tayyorlaydigan tadbirkor ayol O.Ergashevaning faoliyatini kengaytirish uchun ko‘maklashish belgilandi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga xotin-kizlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik va xunarmandchilikni rivojlantirish uchun va boshqa yo‘nalishlarda yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Tadbirda xunarmand ayollar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi boshqarmasi boshlig‘i, ishchi guruh a’zosi M.Nizomova tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Author: Uyushma axborot xizmati