Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Navoiy shahridagi “Kimyogar” o‘yingohida “Navoiy hunarmandlari kuni” festivali yuqori saviyada va ko‘tarinki ruxda o‘tkazildi

Navoiy shahridagi “Kimyogar” o‘yingohida “Navoiy hunarmandlari kuni” festivali yuqori saviyada va ko‘tarinki ruxda o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-91-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 3-ilova (2023-2024-yillarda hunarmandchilikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar, festivallar va xalqaro konferensiyalar ro‘yxati)sida Navoiy shahrida 2023-yil sentyabr oyida “Navoiy hunarmandlari kuni” festivalini o‘tkazish belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligining tashabbusi…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-91-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 3-ilova (2023-2024-yillarda hunarmandchilikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar, festivallar va xalqaro konferensiyalar ro‘yxati)sida

Navoiy shahrida 2023-yil sentyabr oyida “Navoiy hunarmandlari kuni” festivalini o‘tkazish belgilangan. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligining tashabbusi va ko‘magida “Hunarmand” uyushmasi Navoiy viloyat boshqarmasi bilan birgalikda joriy yilning 7-8-sentyabr kunlari Navoiy shahridagi “Kimyogar” o‘yingohida “Navoiy hunarmandlari kuni” festivali yuqori saviyada va ko‘tarinki ruxda o‘tkazildi.

Festivalda 60 nafardan ortiq hunarmandlar o‘z qo‘l mehnati mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Festival doirasida hunarmandlar tomonidan 20 dan ortiq 200 mln. so‘mdan ortiq shartnomalar imzolandi va 105 mln. so‘mlik savdolar amalga oshirildi. Festival ishtirokchilariga tushlik tashkil etildi, tadbir yakunida viloyat hokimligining tashakkurnomalari viloyat hokimining o‘rinbosari S.Mirzayev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Author: Uyushma axborot xizmati