Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbek milliy kashtado‘zlik(kashtachilik) san’ati tarixi | Bir eksponat tarixi

O‘zbek milliy kashtado‘zlik(kashtachilik) san’ati tarixi | Bir eksponat tarixi

KASHTADO‘ZLIK, kashtachilik — kashta tikish kasbi, amaliy san’atning qadimiy sohalaridan biri. Arxeologik topilmalar Kashtado‘zlikning deyarli barcha xalklarda qad. ligini, iqlim, tabiiy sharoit, muhit bilan bog‘liq holda har bir xalqning madaniyati, san’ati, kasb-hunar turlari bilan birga, ularning ta’sirida rivoj topganini ko‘rsatadi. Kashtado‘zlikning paydo bo‘lishi teridan qilingan kiyimlarda bog‘lam va choklarning yuzaga kelishi bilan bog‘liq. Davrlar davomida…

KASHTADO‘ZLIK, kashtachilik — kashta tikish kasbi, amaliy san’atning qadimiy sohalaridan biri. Arxeologik topilmalar Kashtado‘zlikning deyarli barcha xalklarda qad. ligini, iqlim, tabiiy sharoit, muhit bilan bog‘liq holda har bir xalqning madaniyati, san’ati, kasb-hunar turlari bilan birga, ularning ta’sirida rivoj topganini ko‘rsatadi. Kashtado‘zlikning paydo bo‘lishi teridan qilingan kiyimlarda bog‘lam va choklarning yuzaga kelishi bilan bog‘liq. Davrlar davomida toshdan suyak bigizlarga, undan metall bigizlarga o‘tish bilan, shuningdek, to‘qish, mato to‘qish, bo‘yash va b. ishlar b-n bog‘liq. Kashtado‘zlik taraqqiyotini Qad. Osiyo, Yevropa, Amerika madaniy yodgorliklari, adabiy manbalardagi kashtalar tasvirida, shuningdek, saqlanib qolgan Kashtado‘zlik namunalarida kuzatish mumkin. Kashtado‘zlik mahsulotlarining eng qad. nusxalari saqlanmagan. Kashtado‘zlik rivojlangan xalqlarda unga tasviriy san’atning ta’siri katta bo‘lgan. Mac, 11-a. ga oid ingliz kashtalarida jang lavhalari aks ettirilgan. 12-a. ga mansub rus kashtalarida Vizantiya ikona san’atining ta’siri ko‘zga tashlanadi. Xitoyda 14-a. dan «syuxua» (ignali tasvir) nomi bilan mashhur bo‘lgan kashtali namoyonlar uslub jihatdan shoyiga tush bilan ishlangan manzara janriga yaqin.

Yevropada K. Uyg‘onish davrida yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Davrning buyuk rassomlari (mas, Perujino, Bottichelli va b.) kashtaduzlar uchun andazalar tayyorlab berishgan, bu esa kashtalarning badiiyligini oshirgan. Kashtado‘zlikda qimmatbaho toshlardan ham foydalanilgan, ip, jun, ipak, zar va kumush suvi berilgan iplar ishlatilgan. 18-a. da Yevropada aslzodalar kiyimini bezashda kashtalardan foydalanib tayyorlangan Kashtado‘zlik buyumlari keng tarqalgan.

19-a. ning 2-yarmida kashta tikish mashinasi ixtiro etilgach, sanoati rivoj topgan mamlakatlarda Kashtado‘zlik korxonalari vujudga kela boshladi, i. ch. ni yo‘lga qo‘yilishi an’anaviy Kashtado‘zlikni inqirozga uchratdi. Kashtado‘zlik dagi mavjud an’analar susayib ketdi, arzon baho mashina kashtalari katta maxrrat va ko‘p mehnat talab qiladigan qo‘l kashtalarini siqib chiqardi. Lekin bir qancha mamlakatlarda mashina kashtasi bilan bir qatorda qo‘lda kashta tikishga alohida e’tibor berilmoqda, kashtado‘zlarning ishlari muzeylarni, jamoat binolarini bezamokda.

O‘rta Osiyoda Kashtado‘zlik mahsulotlarining qad. xillari deyarli saqlanmagan. Muzeylardagi palak, so‘zana, choyshab, kirpech, zardevor singari badiiy buyumlar va kashtali kiyimlar faqat 19-a. ga mansub.

14—15-a. larga oid kitoblardagi miniatyuralar Kashtado‘zlikning bu yerda qadimdan keng rivojlanganini ko‘rsatadi. Jumladan, Amir Temur saroyida yashagan ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo o‘z esdaliklarida saroyda kashta bezaklarini tomosha qilganini yozgan. Behzod «Zafarnoma» qo‘lyozmasiga ishlagan «Temur taxtda» miniatyurasida (1467) kashtali chodirni xam aks ettirgan.

O‘rta Osiyoda, ayniqsa, o‘zbek, turkman, tojik ayollari urtasida Kashtado‘zlik keng tarqalgan. Kiyimlar oilada tayyorlangan, badiiy buyumlar (so‘zana, kirpech, dorpech, choyshab, oynaxalta, choyxalta va b.)ning asosiy qismlari har bir xonadonning o‘zida tayyorlangan.

Author: Uyushma axborot xizmati