Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > “Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” Forumi va uning doirasida “Kulollar sayli” kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi

“Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” Forumi va uning doirasida “Kulollar sayli” kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi

An’anaviy “Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” Forumi va uning doirasida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosida ishtirok eting. 12–14-may kunlari Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida An’anaviy “Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” Forumi va uning doirasida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tadi. Tadbir Farg‘ona viloyat hokimligi,  Respublika “Hunarmand” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm  vazirligi  ko‘magida o‘tkaziladi. Tadbirda…

An’anaviy “Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” Forumi va uning doirasida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosida ishtirok eting. 12–14-may kunlari Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida An’anaviy “Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” Forumi va uning doirasida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Farg‘ona viloyat hokimligi,  Respublika “Hunarmand” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm  vazirligi  ko‘magida o‘tkaziladi.

Tadbirda kulol hunarmandlar tomonidan mahorat darslarini kuzatish va  ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz, qolaversa, loydan kulolchilik mahsulotlarini  yasash va ularga  naqsh berish  jarayonlarida  bevosita ishtirok etishingiz hamda xarid qilishingiz mumkin.
Tadbirga sayyohlik kompaniyalari, milliy va mintaqaviy tashkilotlar, assosiasiyalar, vakolatxonalar, mehmonxonalar, shuningdek, davlat idoralarini taklif etamiz.

An’anaviy “Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” Forumi va uning doirasida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosini  o‘tkazib yubormang.
Biznes imkoniyatlarni kengaytirish imkoniyatidan foydalanib qoling!
☎️Batafsil ma’lumot uchun: +99871 279-80-88

Author: Uyushma axborot xizmati