Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi a’zolarining 46 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi a’zolarining 46 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi a’zolarining 46 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

⚡️Oʻtgan 2021-yilda jami 65 972 ta ish oʻrni yaratilgan, shundan 33 017 nafari hunarmand ayollar (shogirdlari bilan) tashkil etgan.

⚡️Joriy yilda 1-mart holatiga jami 13 453 ta ish oʻrni yaratildi, shundan 8394 nafari ayollar (shogirdlari bilan) hissasiga toʻgʻri keldi.

⚡️ 2018-2021-yillar davomida:
– jami 35 313 ta hunarmandchilik loyihalari amalga oshirilgan (shundan 18 300 tasi, ya’ni 52 foizi ayollar ulushi). Ushbu loyihalarga 1 112,7 mlrd. soʻmlik imtiyozli kreditlar (shundan 519 mlrd. soʻmi, ya’ni 47 foizi ayollar ulushi) ajratilgan.

– 77,82 gektar maydonga qiymati 444,5 mlrd. soʻmlik 70 ta hunarmandchilik markazlari tashkil etilib, 3831 ta yangi ish oʻrni (1769 nafari ayollar) yaratildi.

– 2019-2021-yillarda Uyushma mablagʻlari hisobidan 141 ta oʻquv kurslari tashkil etildi. 1 470 nafardan ortiq ayollar oʻqitildi. Ularning 80 nafari turli millat vakillari. Ustalarga 141 mln. soʻm ish haqi toʻlab berildi;

– 2019-2021-yillarda barcha Jazoni ijro etish muassasalari, jumladan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 21-son ayollar JIEMida usta-shogird an’analari asosidagi oʻquv kurslari tashkil etilib, 240 ta oʻquv kursi oʻtkazilgan. Muvaffaqiyatli tugatgan 2350 nafar mahkumga sertifikat berilgan.

–Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda “Hunarmand” uyushmasi tomonidan usta-shogird maktablari uchun hunarmandchilikning 19 ta yoʻnalishi boʻyicha oʻquv dasturlari tasdiqlandi. Hozirgi kunda ushbu yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar ishlanmoqda;

-Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixona va vakolatxonalari koʻmagida MDH, Yevropa va AQSH davlatlariga jami 41 mln. 900 ming (ayol hunarmandlar ulushi 10 mln. 900 ming) AQSH dollari miqdorida kulolchilik, kashtachilik, zardoʻzlik, yogʻoch oʻymakorligi hunarmandchilik mahsulotlari eksport qilindi;

-respublikaning 14 ta hududida jami 16 ta klaster tashkil etilgan boʻlib, ushbu klasterlara 3 ming nafar ish oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilgan.

Author: Uyushma axborot xizmati