Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Fotoreportajlar > “O’rik gullaganda” yoshlar ijodiyot festivali bo’lib o’tdi

“O’rik gullaganda” yoshlar ijodiyot festivali bo’lib o’tdi

Farg’ona viloyatida ilk bor o’tkazilgan “O’rik gullaganda” festivalida hunarmandlar xam o’z maxsulotlari bilan qatnashdilar. Farg’ona viloyati hokimligi tashabbusi bilan O’zbekiston tumanidagi O’qchi qishlog’ida ilk bor “O’rik gullaganda” yoshlar ijodiyot festivali bo’lib o’tdi. Unda viloyatimizning turli hududlaridan aholining barcha qatlam vakillari, ijodkorlar, hunarmandlar, yoshlar, xorijlik mehmonlar ishtirok etdi. Umumxalq sayliga aylanib ketgan festival barcha ishtirokchilarga bir…

Farg’ona viloyatida ilk bor o’tkazilgan “O’rik gullaganda” festivalida hunarmandlar xam o’z maxsulotlari bilan qatnashdilar. Farg’ona viloyati hokimligi tashabbusi bilan O’zbekiston tumanidagi O’qchi qishlog’ida ilk bor “O’rik gullaganda” yoshlar ijodiyot festivali bo’lib o’tdi. Unda viloyatimizning turli hududlaridan aholining barcha qatlam vakillari, ijodkorlar, hunarmandlar, yoshlar, xorijlik mehmonlar ishtirok etdi. Umumxalq sayliga aylanib ketgan festival barcha ishtirokchilarga bir olam quvonch ulashdi. Qiyg’os gullagan o’rik daraxtlari ostida milliy o’yinlar, o’zbekona urf-odat va qadriyatlar namoyishi, ijodkorlar chiqishlari ko’ngillarga ko’klam tarovatini olib kirdi.

Author: Uyushma axborot xizmati