Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Nurotaning eng chekka hududida kasanachilik o‘quv markazi tashkil etildi

Nurotaning eng chekka hududida kasanachilik o‘quv markazi tashkil etildi

Kasanachilikni rivojlantirish orqali ishsiz aholi, ayniqsa xotin-qizlar, mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish bilan bandligiga ko‘maklashish, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni yanada kengaytirish maqsadida 2023 yil 3 aprel kuni Nurota tumani 1-son kasb-hunar maktabida xotin-qizlar kasanachilik o‘quv markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari,  Oila va xotin-qizlar tuman bo‘limi boshlig‘i G.Bobomurodova, viloyat Oila…

Kasanachilikni rivojlantirish orqali ishsiz aholi, ayniqsa xotin-qizlar, mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish bilan bandligiga ko‘maklashish, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni yanada kengaytirish maqsadida 2023 yil 3 aprel kuni Nurota tumani 1-son kasb-hunar maktabida xotin-qizlar kasanachilik o‘quv markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari,  Oila va xotin-qizlar tuman bo‘limi boshlig‘i G.Bobomurodova, viloyat Oila va xotin-qizlar boshkarmasi tadbirkorligi rivojlantirish, bandlikni ta’minlash, kasb-hunarga o‘kitishni tashkil etish bo‘yicha bosh mutaxassisi H.Qodirova, viloyat Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi ma’sullari ishtirok etishdi.

Endilikda ushbu markaz, kasanachilik sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlash va hududlarning ixtisosligidan kelib chiqib, kasanachilik faoliyati bo‘yicha maqsadli dasturlar ishlab chiqish, kasanachilikni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish orqali norasmiy bandlikni qisqartirish va mahallalarda ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni kasanachilik faoliyatiga jalb qilish, ishsiz fuqarolarni kasanachilik faoliyati bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitish ishlarini tashkil etish, kasanachilik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan ajratilayotgan subsidiyalarning maqsadliligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Author: Uyushma axborot xizmati