Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Sirdaryo viloyati > “Hunarmand” uyushmasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida davra suhbati tashkil etildi

“Hunarmand” uyushmasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida davra suhbati tashkil etildi

2020 yil 3 mart kuni “Hunarmand” uyushmasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan Guliston shahrida “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlarning taklif, fikr – mulohazalarini oʼrganish maqsadida hududdagi tajribali hunarmandlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Respublika “Hunarmand” uyushmasi boʼlim boshligʼi Chori Shodiev, “Hunarmand” uyushmasining viloyat boshqarmasi rahbar va xodimlari va tajribali hunarmandlar ishtirok etdi.
Yigʼilishni Uyushma boʼlim boshligʼi Chori Shodiev kirish soʼzi bilan ochdi va “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasi toʼgʼrisida soʼz yuritdi.
Tadbirda “Hunarmandchilik faoliyati toʼgʼrisida”gi Qonun loyihasiga hunarmandlar oʼz takliflarini bildirdilar. Jumladan, Guliston shahrida hunarmandchilikning miniatyura, rang tasvir, naqqoshlik va boʼyoqli naqshlar yoʼnalishida faoliyat olib borayotgan hunarmand Bahodir Bobonazarov viloyatda koʼpchilik hunarmandlar faoliyati mavsumiy boʼlganligi sababli yillik toʼlovni toʼlashda 6 oylik toʼlov lozimligi haqida, Mirzaobod tumanida hunarmandchilikning gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar faoliyati bilan shugʼullanuvchi Mohinabonu Roʼziboeva uyushma guvohnomasini vaqtinchalik toʼxtatib turishni hamda muddati tugamagan boʼlsa, aʼzolik badalini toʼlamasdan qayta guvohnoma berish tartibi yoʼlga qoʼyilishi kerakligi taklifini berdi. Guliston shahrida hunarmandchilikning oddiy metallardan milliy uslubda tayyorlangan taqinchoqlar yoʼnalishida faoliyat yuritayotgan hunarmand Аzimboeva Raʼno imtiyozli kreditlari muddati 3 yilga berilishi, hamda ustaxonalar qurilishi uchun ham kredit summa miqdorini koʼproq ajratilishini tashkil etish lozimligini gapirdi.Guliston shahrida milliy poyabzal tayyorlash faoliyati bilan shugʼullanuvchi hunarmand Bozorboy Qarshiev faxriy hunarmandlarga kasaba uyushmalari tomonidan imtiyozli dam olish maskanlariga yoʼllanmalar berilishini yoʼlga qoʼyish kerakligi taklifini berdi.
Tadbir soʼngida “Hunarmand” uyushmasining viloyat boshqarmasi oʼrtaga tashlangan qonun loyihasiga berilgan barcha takliflarni umumlashtirib, uyushmaning Respublika rahbariyatiga taqdim etilishi aytib oʼtildi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati