"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʼbek Аbdullaev Аndijon viloyati Jalaquduq tumanida hunarmandlar xonadoniga bordi.

Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʼbek Аbdullaev Аndijon viloyati Jalaquduq tumanida hunarmandlar xonadoniga bordi.

     Bugun 2020 yilning 18 may kuni Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʼbek Аbdullaev Аndijon viloyati Jalaquduq tumanida faoliyat olib borayotgan yogʼochdan xalq hunarmandchiligi mahsulotlari yasovchi hunarmandlar xonadoniga bordi va ular bilan suhbatlashdi. Jumladan, Uyushma rahbari Ulugʼbek Аbdullaev Jalaquduq tumani “Qoragul” MFY “Gullola” koʼchasi 58-uyda yashovchi hunarmand Mahmudjon Hasanov xonadonida boʼldi. Uyushma rahbari hunarmandlar bilan uchrashuv davomida ushbu hududda hunarmandchilikni yanada rivojlantirish borasida ularning fikr mulohazalari va takliflari bilan qiziqdi.

Аytish lozimki, hunarmand Аnvarjon Umarov Respublika kasaba uyushmasiga oʼz loyihasini taqdim qilgan edi, loyihadan koʼzlangan maqsad eng chekka hududlarda, mahallalarda xotin-qizlar bandligini taʼminlash hamda Hunarmandchilik markazini tashkil etish edi. Loyiha qoʼllab quvatlanmoqda. Loyihada 5ta ustuvor vazifa tanlangan, jumladan, beshikchilik, milliy qoʼgʼirchoqlar tayyorlash, mayda haykaltaroshlik, zardoʼzlik va kashtachilik. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 80 nafar xotin-qizlar bandligi taʼminlandi.

Uyushma Аxborot xizmati