Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Kattaqoʼrgʼon shahrida Hunarmandchilik markazi quriladi

Kattaqoʼrgʼon shahrida Hunarmandchilik markazi quriladi

 2020 yilning 13 may kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida mamlakatimizda karantin talablarini hushyorlikni oshirgan holda yanada yumshatish, iqtisodiyot tarmoqlarini bosqichma-bosqich ishlatish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʼilishi oʼtkazilgan edi. Videoselektorda Samarqand viloyatining hisoboti ham eshitilgandi, bunda Kattaqoʼrgʼon shahar hokimi Gavhar Аlimova shaharda hunarmandchilikni rivojlantirish orqali 200 ta yangi ish oʼrni yaratilishi haqida soʼz yuritgandi.
Shu munosabati bilan “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʼbek Аbdullaev, rais oʼrinbosari Аkobir Hakimov, Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining oʼrinbosari Jaxongir Mamajonovlar Samarqand viloyatida boʼlishdi. Аvvalo Samarqand viloyati hokimining birinchi oʼrinbosari Jamshed Urakov bilan uchrashishdi. Uchrashish davomida Kattaqoʼrgʼon shahrida hunarmandchilik markazini qurilishi va unda hunarmandlarni joylashtirish va usta-shogird anʼanalari asosida aholini ish bilan taʼminlash masalasi haqida soʼz bordi.

 Shundan soʼng, Uyushma raisi Ulugʼbek Аbdullaev va rais oʼrinbosari Аkobir Hakimov, Savdo-sanoat palatasi raisining oʼrinbosari Jaxongir Mamajonovlar Kattaqoʼrgʼon shahar hokimi Gavhar Аlimova bilan uchrashishdi. Kattaqoʼrgʼon shahrida Hunarmandchilik markazini qurilishi uchun qulay joylarni borib koʼrishdi. Shundan soʼng, tashabbuskorlar bilan uchrashib, markazning qurilishi haqida muhokama qilindi, fikr mulohaza va takliflar oʼrganildi. Uyushma rahbari Ulugʼbek Аbdullaev ham bu boradagi oʼz taklif va mulohazalarini berdi.
Kattaqoʼrgʼon shahrida Hunarmandchilik markazini qurilishi natijasida 70 ga yaqin yangi ish oʼrinlari yaratiladi.
Shu oʼrinda aytish lozimki, bugungi kunda Kattaqoʼrgʼon shahrida hunarmandchilikning yogʼochdan tayyorlangan xalq hunarmandchilik mahsulotlari, metaldan va tunikadan yasalgan buyumlar, milliy kiyimlar, toʼn tikish va zardoʼzlik, gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar turlari rivojlangan.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati