Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Oʻzbek kashtachiligi e’tirofda

Oʻzbek kashtachiligi e’tirofda

5 dekabrda Riga shahrida (Latviya) joylashgan “MOEL BOSH” shourumida O‘zbekistonning Latviyadagi elchixonasi tomonidan o‘zbek amaliy san’atiga, jumladan kashtachilikka bag‘ishlangan “Firdavsmonand bog‘lar” nomli bo‘lib o‘tdi. Tadbirni mamlakatimizning  Latviyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Qadamboy Sultonov ochib berdi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi “SAN’AT” jurnali bosh muharriri, PhD Binafsha Nodir so‘zga chiqib, mehmonlarga o‘zbek kashtachiligi tarixi va uning bugungi kundagi…

5 dekabrda Riga shahrida (Latviya) joylashgan “MOEL BOSH” shourumida O‘zbekistonning Latviyadagi elchixonasi tomonidan o‘zbek amaliy san’atiga, jumladan kashtachilikka bag‘ishlangan “Firdavsmonand bog‘lar” nomli bo‘lib o‘tdi. Tadbirni mamlakatimizning  Latviyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Qadamboy Sultonov ochib berdi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi “SAN’AT” jurnali bosh muharriri, PhD Binafsha Nodir so‘zga chiqib, mehmonlarga o‘zbek kashtachiligi tarixi va uning bugungi kundagi o‘rni,kashtado‘z Madina Qosimboyeva ijodining o‘ziga xosligi haqida gapirib berdi.

“MOEL BOSH” brendining asoschisi, taniqli dizayner Zuhra Inat esa mehmonlarga o‘zbek kashtachiligining zamonaviy dizaynerlarimiz ijodida qo‘llanilishini o‘z kolleksiyasi misolida ko‘rsatib berdi. Tadbirning asosiy qismini mashhur o‘zbek kashtado‘z ustasi M.Qosimboyevaning mahorat darslari tashkil etdi. Tadbir davomida Riga shahridagi eng nufuzli hisoblangan Riga birjasi muzeyi (Art Museum Riga Bourse), Gulbene tarix va san’at o‘lkashunoslik muzeyi (Gulbene Municipality History and Art Museum) va Riga yugendstil markazi muzeyi (The museum Riga Art Nouveau Centre) rahbariyati va mutaxassislari bilan hamkorlik ishlari haqida suhbatlashildi.

Author: Uyushma axborot xizmati