Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Ustoz-shogird” anʼanasi asosida

“Ustoz-shogird” anʼanasi asosida

Bugun 4 avgust kuni“Hunarmand”  uyushmasi To‘rtko‘l tuman bo‘limi tomonidan 2021 yil 26 maydan 2021 yil 26 iyul oralig‘ida  “Ustoz-shogird” anʼanasi asosida hunarmandchilikning “Gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kursida ishtirok etgan hamda o‘quv dasturini to‘liq o‘zlashtirgan ayol-qizlarga  tantanali ravishda sertifikatlar topshirish tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda “Oqboshli” ovul fuqarolar yig‘ini, “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inidagi“Hunarmand” …

Bugun 4 avgust kuni“Hunarmand”  uyushmasi To‘rtko‘l tuman bo‘limi tomonidan 2021 yil 26 maydan 2021 yil 26 iyul oralig‘ida  “Ustoz-shogird” anʼanasi asosida hunarmandchilikning “Gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kursida ishtirok etgan hamda o‘quv dasturini to‘liq o‘zlashtirgan ayol-qizlarga  tantanali ravishda sertifikatlar topshirish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda “Oqboshli” ovul fuqarolar yig‘ini, “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inidagi“Hunarmand”  uyushmasi To‘rtko‘l tuman bo‘limi aʼzolari Ya.Babayeva, B.O‘runova, M.Djumaniyazovalar hamda 2 oy davomida kasb sirlarini o‘rgangan “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”dagi shogirdlikka biriktirilgan 23 nafar  ayol-qizlar qatnashdilar.

O‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagan ushbuayol-qizlarga  “Hunarmand” uyushmasi To‘rtko‘l tuman bo‘limi tomonidan maxsus sertifikatlar  topshirildi. Ustozlar shogirdlariga katta ishonch bildirib, kelgusi ishlarida omadlar tiladilar.

Author: Uyushma axborot xizmati