"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Mirzabaxrom Abduvaxobov milliy kulolchilikka oid 1000 xildan ziyod buyumlarni tayyorlaydi

Mirzabaxrom Abduvaxobov milliy kulolchilikka oid 1000 xildan ziyod buyumlarni tayyorlaydi

Mirzabaxrom Abduvaxobov milliy kulolchilikka oid 1000 xildan ziyod buyumlarni tayyorlaydi. Ular orasida maxobatli ko‘za, xum, guldon, tovoq, lagan, sovg‘abop buyumlar, barcha turdagi ko‘zalar, landshaft bezaklari uchun barcha turdagi mahobatli va turli hajmdagi ko‘za va xumlar shular jumlasidandir. U 1974 yilda Andijon shahrida birinchilardan bo‘lib sovg‘abop buyumlar syexi tashkil etib 10 nafar shogirdlarni tarbiyalagan. 1974 yili…

Mirzabaxrom Abduvaxobov milliy kulolchilikka oid 1000 xildan ziyod buyumlarni tayyorlaydi. Ular orasida maxobatli ko‘za, xum, guldon, tovoq, lagan, sovg‘abop buyumlar, barcha turdagi ko‘zalar, landshaft bezaklari uchun barcha turdagi mahobatli va turli hajmdagi ko‘za va xumlar shular jumlasidandir.

U 1974 yilda Andijon shahrida birinchilardan bo‘lib sovg‘abop buyumlar syexi tashkil etib 10 nafar shogirdlarni tarbiyalagan. 1974 yili Moviy kulolchilik bo‘yicha Butun Ittifok ko‘rgazmali seminari ishtirokchisi. 1976 -1978 yillarda Andijon 173-sonli bilim yurtida kulochilik yo‘nalishi bo‘yicha 100 dan ziyod shogirdlar tayyorlagan.

An’anaviy kulol usta O‘zbekistonda va chet davlatlarida tashkil qilinayotgan juda ko‘plab ko‘rgazmalarning doimiy ishtirokchisi, ko‘plab xalqaro jurnallar va kitoblarda ustaga Andijon kulolchilik maktabi davomchisi sifatida alohida ta’riflar berilgan.