Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Surxondaryo milliy kashtado’zlik san’atini rivojlantirish bo’yicha biznes-trening

Surxondaryo milliy kashtado’zlik san’atini rivojlantirish bo’yicha biznes-trening

 “Hunarmand” uyushmasi, Surxondaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatining Termiz shahri hamda Dernov, Bandixon va Boysun tumanlarida Surxondaryo milliy kashtadoʼzlik sanʼatini rivojlantirish boʼyicha biznes-trening tashkil etildi.
Bu yerda asosan bosma usulidagi laqay kashtachiligi rivojlangan. Soʼzana va zardevorlar kelinlar sepining asosiy qismini tashkil etadi.
Surxondaryo hunarmandchiligi va amaliy sanʼati anʼanalarini rivojlantirish, saqlash va qayta tiklash, kashtadoʼzlik sanʼatini yanada ommalashtirish, xorijiy sayyohlar orasida kashtadoʼzlik mahsulotlariga boʼlgan talabni oshirish va sifatini yaxshilash, kashta bilan bezatilgan suvenirbop mahsulotlar sonini koʼpaytirish rejalashtirlmoqda.

Nurota tajribasini Surxondaryo viloyatida ommalashtirish, nurotalik kashtadoʼzlar amaliy tajribasini oʼrgatish va Surxondaryo kashtadoʼzlik sanʼatini rivojlantirish rejalashtirilmoqda.
Yangi ish oʼrinlarini tashkil etish, kambagʼallikni qisqartirish, kashta tikish va uni tayyor mahsulot holiga keltirish, marketing, savdosini tashkil etish boʼyicha tashkil etilgan biznes-treningga Navoiy viloyati Nurota tumanida faoliyat koʼrsatuvchi hunarmand Gulmira Islomova taklif etilgan. Biznes trening 10 kun davom etadi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati