Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Davlat granti loyihalari hunarmandlar sonini ortishiga ko‘makchi bo‘lmoqda

Davlat granti loyihalari hunarmandlar sonini ortishiga ko‘makchi bo‘lmoqda

Xonqa tumanida 166 nafar hunarmandlar faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shundan 64 nafari ayollar, 57 nafarni yosh hunarmandlar tashkil etadi. Ayni kunlarda ustoz shogird anʼanalari asosida hunarmandchilikning 15 dan ziyod yo‘nalishda 500 ga yaqin yoshlar hunar o‘rganib kelmoqdalar. Kuni kecha Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Milliy hunarmandchilik sohasida ustoz-murabbiylik anʼanalarini yana-da rivojlantirish, keksa avlodning bilimi,…

Xonqa tumanida 166 nafar hunarmandlar faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shundan 64 nafari ayollar, 57 nafarni yosh hunarmandlar tashkil etadi. Ayni kunlarda ustoz shogird anʼanalari asosida hunarmandchilikning 15 dan ziyod yo‘nalishda 500 ga yaqin yoshlar hunar o‘rganib kelmoqdalar.

Kuni kecha Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Milliy hunarmandchilik sohasida ustoz-murabbiylik anʼanalarini yana-da rivojlantirish, keksa avlodning bilimi, tajribasi va mehnat salohiyatidan foydalanish, ularni hayotga tatbiq etishga ko‘maklashish” nomli davlat granti loyihasi doirasida ko‘rgazma tashkil etildi. Unda 86  nafar ishsiz kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lgan yoshlar tikuvchilik, ko‘rpachilik, o‘yinchoq yasash va quroqchilik kabi hunar sirlarini o‘rganishga yo‘naltirildi.

Author: Uyushma axborot xizmati