Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Parijdagi Arab dunyosi institutida Nodir Rasulovning mahorat darsi bo‘lib o‘tadi

Parijdagi Arab dunyosi institutida Nodir Rasulovning mahorat darsi bo‘lib o‘tadi

27-may kuni Parijdagi Arab dunyosi institutida Nodir Rasulovning mahorat darsi bo‘lib o‘tadi. Zardo‘zlik san’atiga doir mashg‘ulot “Samarqandga yoʻl. Ipak va oltin mo‘jizalari” ko‘rgazmasining madaniy-ma’rifiy dasturi doirasida o‘tkaziladi. Nodir Rasulov keng ko‘lamda ayollar va erkaklar liboslaridan tortib, yostiq jildlari, parda kabi uy-ro‘zg‘or buyumlarigacha bo‘lgan kashtado‘zlik sohasida faoliyat yuritadi. Usta doimiy ijodiy izlanishda bo‘lib, muzey sara to‘plamlari…

27-may kuni Parijdagi Arab dunyosi institutida Nodir Rasulovning mahorat darsi bo‘lib o‘tadi. Zardo‘zlik san’atiga doir mashg‘ulot “Samarqandga yoʻl. Ipak va oltin mo‘jizalari” ko‘rgazmasining madaniy-ma’rifiy dasturi doirasida o‘tkaziladi.

Nodir Rasulov keng ko‘lamda ayollar va erkaklar liboslaridan tortib, yostiq jildlari, parda kabi uy-ro‘zg‘or buyumlarigacha bo‘lgan kashtado‘zlik sohasida faoliyat yuritadi. Usta doimiy ijodiy izlanishda bo‘lib, muzey sara to‘plamlari va ilmiy ishlardagi mavjud an’anaviy naqshinkor gullarga murojaat etadi. O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilib, zardo‘zlikning hududlarga xos xususiyatlarini tadqiq etadi. U XXI asrda zardo‘zi kashtachilikning dolzarbliligini asrab-avaylash maqsadida ajdodlarning tajribasini zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashtiradi.

“Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘jizalari” ko‘rgazmasi Parijdagi Arab dunyosi institutida 2023-yilning 6-iyuniga qadar san’at ixlosmandlariga muntazir.

Author: Uyushma axborot xizmati