"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan “hunarmand” uyushmasi raisining hunarmandlarga bayram tabrigi

Mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan “hunarmand” uyushmasi raisining hunarmandlarga bayram tabrigi

Xalq amaliy san’ati, hunarmandchilikni rivojlantirish  yo‘lida matonat, sabr toqat, iste’dod va katta ijod  bilan mehnat qilayotgan hurmatli hunarmandlar!  Sizni eng ulug‘, eng aziz ayyom – Vatanimiz Mustaqilligining 30 yillik bayrami bilan qutlar ekanman, mashaqqatli, sharafli mehnatingiz bilan mamlakatimiz rivoji va milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy…

Xalq amaliy san’ati, hunarmandchilikni rivojlantirish  yo‘lida matonat, sabr toqat, iste’dod va katta ijod  bilan mehnat qilayotgan hurmatli hunarmandlar! 

Sizni eng ulug‘, eng aziz ayyom – Vatanimiz Mustaqilligining 30 yillik bayrami bilan qutlar ekanman, mashaqqatli, sharafli mehnatingiz bilan mamlakatimiz rivoji va milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an’analarini saqlab qolish, band bo‘lmagan aholi, ayniqsa yoshlar va ayollarning hunarmandchilik bilan shug‘ullanishiga qo‘shayotgan munosib hissalaringiz uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. 

Yangi O‘zbekiston g‘oyasini amalga oshirish yo‘lida ijtimoiy -iqtisodiy sohaning muhim bir bo‘lagi hisoblangan hunarmandchilik xalq amaliy san’atini asrab-avaylash, milliy hunarmandchiligimizni rivojlantirish va kelajak avlod uchun saqlash, usta hunarmandlardan bu sohaning sir-asrorlarini yoshlarga o‘rgatish, yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarga milliy hunarmandchiligimiz haqida ma’lumot berish, targ‘ib qilishga yana keng e’tibor qaratilmoqda.

So‘nggi yillarda hunarmandchilik sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlarining qabul qilinishi,hunarmandlarga imtiyoz va preferensiyalar berilishi natijasida usta-shogird an’analari yanada rivojlanib, Respublikada hunarmandlar, shogirdlar soni, sohada yaratilgan ish o‘rinlari soni oshdi. 

 Ma’lumki, so‘nggi ikki yil butun insoniyat uchun sinovli davr bo‘lmoqda. Dunyoni xavotirga solib turgan koronavirus pandemiyasi, afsuski, mamlakatimizni ham chetlab o‘tmadi. Ayni kunlarda fidoyilik, mehnatsevarlik va  ibratli fazilatlari bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lib, o‘z hunari orqali iqtisodiyotga , ayniqsa,yoshlarni hunarli qilishda  jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan ming-minglab hunarmandlar ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. 

Ta’kidlash lozimki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shaxsan e’tibori sabab hunarmandchilik rivojlanib, hunarmandlarga e’tibor oshib bormoqda. Eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz munosabati bilan Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, samarali amaliy faoliyati bilan mamlakatimizni rivojlantirish yo‘lidagi xizmatlari uchun qator yurtdoshlarimiz bilan bir safda “Hunarmand” uyushmasi a’zolari  faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlangani ham davlatimiz rahbari nazarida hunarmandlar qadr-qimmatining yuksakligi ifodasi, deya olamiz.

Yangi O‘zbekistonda xalqimizning farovon turmush kechirishi, ularni rozi qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlarda “Hunarmand” uyushmasi xodimlari, hamda  a’zolarining  ham munosib hissasi borligi barchamizni quvontiradi.

Yana bir bor Mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami arafasida xalqimizni, shu jumladan, qo‘li gul hunarmandlarni ulug‘ ayyom bilan samimiy qutlaymiz. Xonadoningizdan fayzu baraka arimasin. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Ulug‘bek Abdullayev,
“Hunarmand” uyushmasi raisi.

[bvi]