Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Misr Savdo-sanoat palatasi rais o‘rinbosari Xamdi Abu al-Anayn bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Misr Savdo-sanoat palatasi rais o‘rinbosari Xamdi Abu al-Anayn bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatishda ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Misr Savdo-sanoat palatasi rais o‘rinbosari Xamdi Abu al-Anayn bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Misr uzoq yillik mustahkam do‘stlik hamda hamkorlik rishtalariga ega ekanligi ta’kidlandi. Xorijlik mehmon ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy sohada ayniqsa, tadbirkorlik sohasida hamkorlik aloqalarini yanada…

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatishda ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Misr Savdo-sanoat palatasi rais o‘rinbosari Xamdi Abu al-Anayn bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Misr uzoq yillik mustahkam do‘stlik hamda hamkorlik rishtalariga ega ekanligi ta’kidlandi.
Xorijlik mehmon ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy sohada ayniqsa, tadbirkorlik sohasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari, Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev mamlakatimizda hunarmandchilik, tadbirkorlik yo‘nalishida yaratilgan imkoniyatlar haqida gapirib berdi.

Uchrashuvda Misr Savdo-sanoat palatasi rais o‘rinbosari Xamdi Abu al-Anayn Misrda o‘zbekiston savdo uyi borligi ushbu savdo uyida ham hunarmandchilik sohasida ham hamkorlik aloqalarini o‘rnatish taklifini bildirdi.

Author: Uyushma axborot xizmati