Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekiston-Xitoy mintaqalararo forumi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston-Xitoy mintaqalararo forumi bo‘lib o‘tdi

Urumchida O‘zbekiston-Xitoy forumi bo‘lib o‘tdi. Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatining poytaxtida O‘zbekiston-Xitoy mintaqalararo forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakatdan 1200dan ortiq vazirliklar, sanoat birlashmalari vakillari hamda ishbilarmonlar ishtirok etdi. Farg‘ona viloyatidan hunarmandlar milliy matolar ustasi Ibroximjon Sultonov, Qo‘shtepa tumanidan misgar usta Akramxon Yunusov hamda Rishton tumanidan usta kulol Sobirjon Axmadjonovlar ham biznes forumda ishtirok etdilar. Usta…

Urumchida O‘zbekiston-Xitoy forumi bo‘lib o‘tdi. Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatining poytaxtida O‘zbekiston-Xitoy mintaqalararo forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakatdan 1200dan ortiq vazirliklar, sanoat birlashmalari vakillari hamda ishbilarmonlar ishtirok etdi.

Farg‘ona viloyatidan hunarmandlar milliy matolar ustasi Ibroximjon Sultonov, Qo‘shtepa tumanidan misgar usta Akramxon Yunusov hamda Rishton tumanidan usta kulol Sobirjon Axmadjonovlar ham biznes forumda ishtirok etdilar. Usta hunarmandlar o‘zbek an’anaviy hunarmandchiligi namoyishi va hunarmandchilik maxsulotlarni Xitoy davlatiga eksport qilish istiqbollari bo‘yicha xamkorlar bilan kelishuvlarga erishdilar.

Author: Uyushma axborot xizmati