Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Siz “Saukele” bosh kiyimi haqida eshitganmisiz?

Siz “Saukele” bosh kiyimi haqida eshitganmisiz?

Qoraqalpoq to’y bosh kiyimi saukele – qora baxmal bilan ishlangan va xoch shaklidagi kashta naqshlari bilan bezatilgan dubulg’a shaklidagi qalpoq hisoblanadi. Bosh kiyimning old tomoni marjon qatorlari bilan bezatilgan, barchasi kumush detallardan iborat, yon tomonlarida esa uzun marjon va shisha munchoqlar osilgan. Saukele ostida qoraqalpoqlar yuzini hoshiya qilib, ko’krak va orqa qismini to’liq yopib turuvchi…

Qoraqalpoq to’y bosh kiyimi saukele – qora baxmal bilan ishlangan va xoch shaklidagi kashta naqshlari bilan bezatilgan dubulg’a shaklidagi qalpoq hisoblanadi.

Bosh kiyimning old tomoni marjon qatorlari bilan bezatilgan, barchasi kumush detallardan iborat, yon tomonlarida esa uzun marjon va shisha munchoqlar osilgan. Saukele ostida qoraqalpoqlar yuzini hoshiya qilib, ko’krak va orqa qismini to’liq yopib turuvchi qalpoqdek kimeshek kiyishgan.

Saukele faqat turmushning birinchi yilida kiyiladi, keyin esa faqat katta bayramlarda kiyiladi.

Author: Uyushma axborot xizmati