Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Mehribonlik uylari”da “usta-shogird” anʼanasiga asoslangan oʼquv mashgʼulotlari joriy etildi

“Mehribonlik uylari”da “usta-shogird” anʼanasiga asoslangan oʼquv mashgʼulotlari joriy etildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4539-son qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Hunarmandchilik sohasini yanada rivojlantirish boʼyicha “Yoʼl xaritasi” 13-bandida 2020 yilning 1 martidan boshlab “Mehribonlik uylari”da Milliy katalogdagi hunarmandlarni jalb etgan holda “usta-shogird” anʼanasiga asoslangan oʼquv mashgʼulotlarini joriy etish belgilangan boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan respublikadagi 16 ta “Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasida hunarmandchilikning turli yoʼnalishlari boʼyicha 74 nafar usta-hunarmandlar, jumladan Milliy katalogdagi hunarmandlarni jalb qilgan holda oʼquv mashgʼulotlari tashkil qilindi. Oʼquv mashgʼulotlari yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda talab yuqori boʼlgan hunar turlari boʼyicha oʼtkazilmoqda. Yoshlarni hunarga oʼrgatish, boʼsh vaqtlarini unumli oʼtkazishga va kelajakda ijtimoiy moslashuvlariga koʼmaklashish maqsadida joriy etilgan mashgʼulotlar tarbiyalanuvchilarda katta qiziqish uygʼotdi.

Аdolat Sayfullaeva boʼlim boshligʼi .

Author: Uyushma axborot xizmati