Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Milliy liboslarimiz qadriyatimiz bezagi

Milliy liboslarimiz qadriyatimiz bezagi

Marg‘ilon shahridagi “Oltin ipak karvonsaroyi” turistik markazida Bosh prokuratura hamda shahar hokimligi tashabbusi bilan “Milliy liboslarimiz qadriyatimiz bezagi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirning ochilish marosimida so‘z olganlar Marg‘ilonda milliy hunarmandchilikning rivojlanish tarixi, atlas va adras kabi milliy matolarning yaratilishi, shuningdek, xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shaharda tug‘ilib o‘sgan mashhur ayollar va ularning…

Marg‘ilon shahridagi “Oltin ipak karvonsaroyi” turistik markazida Bosh prokuratura hamda shahar hokimligi tashabbusi bilan “Milliy liboslarimiz qadriyatimiz bezagi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirning ochilish marosimida so‘z olganlar Marg‘ilonda milliy hunarmandchilikning rivojlanish tarixi, atlas va adras kabi milliy matolarning yaratilishi, shuningdek, xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shaharda tug‘ilib o‘sgan mashhur ayollar va ularning ibratli turmush tarzi haqida to‘xtalib o‘tdilar. Shundan so‘ng Marg‘ilonning lobaru dilbar Kumush qizlari tomonidan kamalak ranglarida tovlanuvchi milliy matolardan yaratilgan liboslar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Shu bilan birga tadbirda ishsiz va “Ayollar daftari”da turgan ayollar shahardagi mavjud tadbirkorlik sub’yektlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari va ishlab chiqarish namunalari bilan tanishtirilib, 11 nafar xotin-qizlarga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi. Shahar Madaniyat markazi san’atkorlari ijrosida yangragan kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Marg‘ilon shahar hokimligi axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati