Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Botirjon Nuriddinov to‘qimachilik sanoati institutida bo‘ldi

Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Botirjon Nuriddinov to‘qimachilik sanoati institutida bo‘ldi

Bugun Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Botirjon Nuriddinov Namangan to‘qimachilik sanoati institutida bo‘lib, institutdagi jarayonlar, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim sifatini oshirish borasidagi tashabbuslar, o‘quv-autidoriyalarining holati va talabalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda amaliy san’at namunalari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, institut vakillari tomonidan joriy yilda bo‘lib o‘tadigan 63-Xalqaro gullar festivali doirasidagi loyihalarni jumladan, “Milliy liboslar” haftaligini…

Bugun Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Botirjon Nuriddinov Namangan to‘qimachilik sanoati institutida bo‘lib, institutdagi jarayonlar, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim sifatini oshirish borasidagi tashabbuslar, o‘quv-autidoriyalarining holati va talabalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda amaliy san’at namunalari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, institut vakillari tomonidan joriy yilda bo‘lib o‘tadigan 63-Xalqaro gullar festivali doirasidagi loyihalarni jumladan, “Milliy liboslar” haftaligini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Taqdimot davomida hokim o‘rinbosariga institut vakillari tomonidan yaratilgan bayram liboslari, sovg‘alar uchun mo‘ljallangan eko sumkalar, gullar festivali logotiplari tushirilgan futbolka-kepkalar va yana boshqa bir qator mahsulotlar ko‘rsatildi. Shundan so‘ng, Botirjon Nuriddinov institut ustaxonasida tayyorlanayotgan tasviriy va amaliy san’at asarlari, talabalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar shourimi va o‘quv-ilmiy laboratoriya markazlarini ham ko‘zdan kechirdi.

Author: Uyushma axborot xizmati