Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasini qabul qildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasini qabul qildi.

Uchrashuvda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

“Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi konstruktiv mintaqaviy hamkorlikni, eng avvalo, iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik, muqobil energetika va ekologiya sohalarida mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirildi.

 

Author: Uyushma axborot xizmati