Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > 2020 yilning 1 yarim yillik yakunlari buyicha amalga oshirilgan ishlar natijadorligiyuzasidan “zoom” onlayn platformasi orkali yigʼilish oʼtkaziladi Joriy yilning 5 avgust kuni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Oʼzbekiston Respublikasi“Hunarmand” uyushmasi tomonidan 2020 yilning I yarim yillik yakunlari buyicha amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan “zoom” onlayn platformasi orkali yigʼilish oʼtkaziladi.

2020 yilning 1 yarim yillik yakunlari buyicha amalga oshirilgan ishlar natijadorligiyuzasidan “zoom” onlayn platformasi orkali yigʼilish oʼtkaziladi Joriy yilning 5 avgust kuni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Oʼzbekiston Respublikasi“Hunarmand” uyushmasi tomonidan 2020 yilning I yarim yillik yakunlari buyicha amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan “zoom” onlayn platformasi orkali yigʼilish oʼtkaziladi.

Yigʼilish kun tartibida 2020 yilning 1-yarim yilligida uyushmaning hududiy tuzilmalarida amalga oshirilgan ishlar, xususan, tushum prognoz koʼrsatkichlari, Uyushmaning hududiy boshqarmalarida karantinga oid choralarga amal qilish holati,Oʼzbekiston Respublikasida 2020 yilda “Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi” doirasida amalga oshiriladigan loyihalar ijrosi va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Videokonferentsiyada Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi rahbariyati, boʼlim boshliqlari, hududiy boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.
Yigʼilishda 2020 yilning 01 iyul holatiga “Hunarmand” uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisobi quyidagicha bayon etildi.
Аʼzolik:
Farmonga qadar “Hunarmand” uyushmasiga aʼzolar soni
9823tanitashkil etgan boʼlsa, hozirgi kunga kelib ularning soni qariyb 3.4 barobarga oshirildi va 33 294 taga yetkazildi. Shundan, hunarmandchilik bilan band boʼlgan hotin-qizlar soni 13 594 nafar (41%)ni tashkil etadi. Hududlar kesimida olsak, Аndijonda2 027 nafar, Fargʼonada 1 315 nafar va Toshkent shahrida 1 275 nafar xotin-qizlarhunarmandchilik bilan band. 30 yoshgacha boʼlgan aʼzo hunarmandlar (yoshlar) 11 457 nafar (34%)ni tashkil etib, hududlar kesimida olsak, Аndijonda1 876 nafar, Fargʼonada 1 564 nafar va Namangan viloyatida 1 312 nafar yoshlar hozirda hunarmandchilik bilan band. Shuningdek, 2020 yilning 01 iyulga qadar 15 935 nafar yangi usta-hunarmandlar aʼzolikka jalb etildi.
Shogirdlar tayyorlash:
Hunarmandlarning shogirdlariga guvohnoma berish va uni tartibga solish ishlari 2018 yil sentyabr oyida yoʼlga qoʼyilgan boʼlib, unga qadar usta-hunarmandlargabiriktirilgan shogirdlar soni5 600 nafarga yetkazilgan edi.
Shogirdlariga guvohnoma berish tartibi yoʼlga qoʼyilgach, bugungi kunga kelib jami 70 770 nafar (12,6 baravar oshgan) shogirdlar hunarmandchilikka jalb etildi.2020 yil 01 iyul holatiga shogirdlar soni 15 029 nafarga yetkazildi.
Shogirdlarga mustaqil hunarmandchilik faoliyatini yoʼlga qoʼyishi uchun“Hunarmand” uyushmasi boʼlinmalari va SSPning tadbirkorlikka koʼmaklashish markazlari tomonidanbiznes rejalar tayyorlash, kredit mablagʼlariga ega boʼlish masalalarida xizmat koʼrsatilmoqda.
Yangi ish oʼrinlarini tashkil etish:
Hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga respublika boʼyicha bugunga qadar jami 119 862 nafar ish oʼrinlar yaratilgan boʼlib, 2020 yil hisobiga jami 49 563 ta yangi ish oʼrni yaratish belgilangan. 2020 yilning 01 iyul holatiga aʼzo hunarmandlar hisobiga 15 935 ta, shogirdlar hisobiga 15 029 ta, jami 30 964 ta yangi ish oʼrni yaratildi yoki yillik reja 62% ga bajarildi.

Hunarmandchilik loyihalari:
2020 yilda hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida qoʼshimcha 516.3 mlrd. soʼmlik 14 675 ta loyihalarning yigʼma dasturi shakllantirildi. 2020 yilning 01 iyul holatiga 300.9 mlrd. soʼmlik jami 9 524 ta loyihaga kreditlar ajratildi (ijro 63%). Bunda jami 3 220 nafar ayollarga 84.4 mlrd. soʼmlik kreditlar ajratilgan. Xuddi shunday jami 2 644 nafar yoshlarga esa 75 mlrd. soʼmlik kreditlar ajratilgan.
“Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash:
Hududlarda mavjud kambagʼallikni qisqartirish yuzasidan tayyorlangan “temir daftar”ga kiritilgan jami aholi soni 491 705nafar.Shundan xunarmandlarga biriktirilishi lozim boʼlgan aholi soni 14 869nafarni tashkil etadi va ushbu “temir daftar”ga kiritilgan aholini biriktirishga tavsiya etilgan usta hunarmandlar soni 5 778 nafar boʼlib, joriy yilning 01 iyul holatiga usta-hunarmandlarga biriktirilgan kambagʼallar soni 2 688nafarni tashkil etmoqda.
Videkonferentsiya tarzida oʼtkazilgan yigʼilish soʼngida hunarmandchilikni yanada rivojlantirishga oid tegishli topshiriqlar berildi, soha rivojiga oid takliflar ishlab chiqilib istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.

 

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati