Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Dadajonov Usmonxon 2001 yildan buyon “Hunarmand” uyushmasi Margʼilon shahar boʼlimining misgar-kandakorlik yoʼnalishidagi aʼzosi sifatida faoliyat koʼrsatib kelmoqda

Dadajonov Usmonxon 2001 yildan buyon “Hunarmand” uyushmasi Margʼilon shahar boʼlimining misgar-kandakorlik yoʼnalishidagi aʼzosi sifatida faoliyat koʼrsatib kelmoqda

“Xunarmand” uyushmasi Margʼilon shahar boʼlimi aʼzosi Dadajonov Usmonxon 2001 yildan buyon “Hunarmand” uyushmasi Margʼilon shahar boʼlimining misgar-kandakorlik yoʼnalishidagi aʼzosi sifatida faoliyat koʼrsatib kelmoqda. Dadajonov Usmonxon misgar-kandakor buyumlari mahsulotlari sohasini yaxshi biladigan, mamlakatimizdagi tashabbuskor, ishbilarmon va tanilgan ustalardan biridir. Isteʼdodli ijodkor “Usta-shogird” anʼanalarini izchil va samarali davom ettirib, 100 dan ortiq yosh shogirdlarga ustozlik qilib kelmoqda….

“Xunarmand” uyushmasi Margʼilon shahar boʼlimi aʼzosi

Dadajonov Usmonxon 2001 yildan buyon “Hunarmand” uyushmasi Margʼilon shahar boʼlimining misgar-kandakorlik yoʼnalishidagi aʼzosi sifatida faoliyat koʼrsatib kelmoqda. Dadajonov Usmonxon misgar-kandakor buyumlari mahsulotlari sohasini yaxshi biladigan, mamlakatimizdagi tashabbuskor, ishbilarmon va tanilgan ustalardan biridir.

Isteʼdodli ijodkor “Usta-shogird” anʼanalarini izchil va samarali davom ettirib, 100 dan ortiq yosh shogirdlarga ustozlik qilib kelmoqda. Bugungi kunda bir nechta shogirdlari mamlakatimizning turli oliygohlarini tugallab, yurt ravnaqi yoʼlida mehnat qilib kelmoqdalar. Mustaqillik yillarida ichki bozorni mahalliy hom ashyolardan tayyorlangan hunarmandchilik mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida Kandakorlik, misgarlik buyumlari mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼydi. Shuningdek,Choy idish, oftoba, barkash, patnis, har hil shakldagi qoshiq-laganlar va koʼplab tarixiy metal qurollari yoʼqolib ketgan qadimiy Аrab xattotligi yozuvlarini oʼz asarlarida qoʼllab noyob mis buyum yasash texnalogiyasini tikladi hamda mis va jez, qimmatbaho toshlardan turli koʼplab mahsulotlar yasagan, hozirda ularni sanʼat darajasiga olib chiqmoqda.

Har yili oʼz atrofiga ananaviy kandakorlik, misgarlik buyumlari, xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini tayyorlashga qiziqqan yoshlarni birlashtirib oʼziga xos maktabini shakillantirgan. Oʼtgan yillarda u 100 nafardan ortiq yoshlarni ushbu hunarga oʼrgatishga erishdi.

U xar yili Buxoro viloyatida boʼlib oʼtadigan “Ipak va ziravrlar” festivalida dunyoning 30 dan ortiq davlatlardan kelgan taniqli hunarmandlar koʼrgazmasida munosib ishtirok etadi va qimmatbaxo esdalik sovgʼalari bilan taqdirlanib kelmoqda.Muntazam Respublika «Tashabbus» koʼrik tanlovlarida ishtirok etib,faxrli oʼrinlarni qoʼlga kiritgan.2019 yilda “Tashabbus-2019” koʼrik tanlovida II-darajali diplom,2018 yilda Surxondaryo viloyatida boʼlib oʼtgan “Xalqaro Baxshichilik” festivalida faol ishtirok etgan. Shu festival koʼrgazmasidan joy olgan oʼz qoʼli bilan yaratgan “Turon naqshi” nomli samovor Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining eʼtiboridan joy oldi va esdalik uchun oʼzida qoldirdi.YuNESKOning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida har yili Margʼilon shahrida ananaviy tarzda boʼlib oʼtadigan “Аtlas bayrami”festivalida oʼzlari yaratgan sanʼat asarlari bilan ishtirok etib turli oʼrinlarni egallab kelmoqda.

2019 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti muxtaram Sh.Mirziyoevning shaxsan tashabbuslari bilan Margʼilon shahrida oʼtkazilgan “Buyuk ipak yoʼli” xalqaro folklor musiqa festivalida hamda Qoʼqon shahrida boʼlib oʼtgan I-Xalqaro “Hunarmandchilik festivali” festivalida faol ishtrok etganligi uchun mahsus sertifikat bilan taqdirlangan.

Karantin davrida shahar axolisini moddiy va maʼnaviya qoʼllab-quvvatlash maqsadida 7 nafar yoshlarni ish bilan band qilish barobarida misgarlik-kandakorlik xunarining sir-asrorlarini oʼrgatib kelmoqda.

U.Dadajonov bugungi kunda misgarlik- kandakorlik amaliy sanʼatining 5-avlod sulolasi vakili xisoblanib, misgarlik-kandakorlikning yoʼqolib ketayotgan jixatlarini tiklab kelajak avlodga yetkazib berishda oʼzining bilm va tajribasini ayamay mexnat qilib kelayotgan fidoyi usta-xunarmandlardan xisoblanadi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati