Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > O‘zbekistonda endilikda “Xalqaro qishloq ayollari kuni“ nishonlanadi

O‘zbekistonda endilikda “Xalqaro qishloq ayollari kuni“ nishonlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qishloq xo‘jaligi vazirligining 15 oktyabr sanasini “Xalqaro qishloq ayollari kuni“ sifatida keng nishonlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi. Shu bilan birga,joriy yilning 15 oktabr kuni ushbu kunga bag‘ishlangan mazmunli tadbirlar tashkil etish topshirilgan. Ta’kidlash joizki, ushbu ish respublikamizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy va ishlab chiqarishdagi ulushini oshirish, ular uchun munosib…

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qishloq xo‘jaligi vazirligining 15 oktyabr sanasini “Xalqaro qishloq ayollari kuni“ sifatida keng nishonlash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi. Shu bilan birga,joriy yilning 15 oktabr kuni ushbu kunga bag‘ishlangan mazmunli tadbirlar tashkil etish topshirilgan.

Ta’kidlash joizki, ushbu ish respublikamizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy va ishlab chiqarishdagi ulushini oshirish, ular uchun munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar natijalaridan biridir.

Ma’lumot uchun: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2007 yil 18 dekabridagi 62/136-sonli yig‘ilishida 15 oktyabr “Xalqaro qishloq ayollari kuni” deb rasman e’lon qilingan. Bugungi kunda dunyoning ko‘plab davlatlarida mazkur sana xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Author: Uyushma axborot xizmati