Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Hunarmand uyushmasi raisi Qoraqalpog’iston Respublikasi To’rtko’l tumanidagi Hunarmandlar bozorchasiga tashrif buyurdi

Hunarmand uyushmasi raisi Qoraqalpog’iston Respublikasi To’rtko’l tumanidagi Hunarmandlar bozorchasiga tashrif buyurdi

Respublika Hunarmand uyushmasi raisi Ulugʼbek Аbdullaev Qoraqalpogʼiston Respublikasi Toʼrtkoʼl tumanidagi Hunarmandlar bozorchasiga tashrif buyurib Toʼrtkoʼl tuman hunarmandlari bilan uchrashdilar, 2019 yil 18 dekabrda foydalanishga topshirilgan bozorchada 11 ta dukon va 138 ta rastani oʼz ichiga olgan. Toʼrtkoʼl tumani hunarmandlari asosan 14 yunalish boʼyicha faoliyat koʼrsatmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5242-sonli farmonining 12 bandiga koʼra, turistik, meʼmoriy-madaniy obʼektlar hududlarida, shuningdek yirik savdo markazlarida hunarmandlarga oʼz mahsulotlarini sotish uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarga ega boʼlgan savdo rastalari tashkil etilishini taʼminlash belgilab qoʼyilgan.

Qoraqalpogʼiston Respublikasi Toʼrtkoʼl tumanida “Toʼrtkoʼl savdo Kompleksi M.Ch.J” xududidagi “Hunarmandlar Bozorchasi”ning ochilish marosimi boʼldi. “Hunarmandlar bozorchasida” hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlarini sotish uchun yoshlarni hunarga oʼrgatish maqsadida ularga zaruriy shart-sharoitga ega boʼlgan doʼkonlar qurilib tantanali ravishda topshirilgan edi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati