Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Xalqaro festivallar > “Surajkund Mela” 34-Xalqaro Hunarmandchilik festivalining ochilish marosimi Hindiston Prezidenti Ram Nath Kovind ishtirok etdi

“Surajkund Mela” 34-Xalqaro Hunarmandchilik festivalining ochilish marosimi Hindiston Prezidenti Ram Nath Kovind ishtirok etdi

Bugun 2020 yilning 1 fevral kuni Hindistonning Xaryana shtatida Osiyodagi eng yirik hunarmandchilik festivallaridan biri “Surajkund Mela” 34-Xalqaro Hunarmandchilik festivalining ochilish marosimi boʼldi.
Bu yil Oʼzbekiston mazkur festivalning asosiy hamkor-davlatidir. Festivalda “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʼbek Аbdullaev hamda mamlakatimizdan koʼplab hunarmandlar oʼz mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.
Festivalning ochilish marosimida Hindiston Prezidenti Ram Nath Kovind ishtirok etdi. Hindiston Prezidenti Oʼzbekiston pavilyonida oʼzbek hunarmandlarining mahsulotlari bilan tanishdi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati