Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Kvadrat metri 2000$dan boshlanadigan gilam to’qish ustasi, hunarmand bilan intervyu

Kvadrat metri 2000$dan boshlanadigan gilam to’qish ustasi, hunarmand bilan intervyu

Gilamchilik — gilam to’qish kasbi, badiiy hunarmandlik sohasi. Qadimdan chorvachilik bilan shug’ullanadigan ko’chmanchi qabilalar orasida keng tarqalgan. O’simlik (paxta, zig’ir, jut) tolasi, jun (qo’y, echki, tuya juni) dangina tayyorlangan. Gilam to’qish uchun qirqilgan junlar yuvilib tozalanadi, temir taroqlarda taraladi, taralgan junlardan ip yigiriladi. Iplar turli tabiiy bo’yoqlar bilan bo’yaladi. Shuning uchun gilam ranglari o’zgarmaydi va…

Gilamchilik — gilam to’qish kasbi, badiiy hunarmandlik sohasi. Qadimdan chorvachilik bilan shug’ullanadigan ko’chmanchi qabilalar orasida keng tarqalgan. O’simlik (paxta, zig’ir, jut) tolasi, jun (qo’y, echki, tuya juni) dangina tayyorlangan. Gilam to’qish uchun qirqilgan junlar yuvilib tozalanadi, temir taroqlarda taraladi, taralgan junlardan ip yigiriladi. Iplar turli tabiiy bo’yoqlar bilan bo’yaladi. Shuning uchun gilam ranglari o’zgarmaydi va o’zining sifatini yo’qotmaydi.

Hozirda sun’iy tolalardan ham to’qilmoqda. Gilamchilik er bag’irlab yotiq (gorizontal) va tik (vertikal) o’rnatilgan dastgohlarda to’qiladi. Gilamchilik rivojlangan joylarda to’quv dastgoqlari ancha mukammallashtirilgan va bir necha to’quvchi yonma-yon o’tirib birdaniga to’qiyveradigan keng o’q (g’altak)li xillari yaratilgan. Gilamdo’z usta naqsh mujassamotini yodaki yoki nusxa asosida to’qiydi. To’qilish usuliga ko’ra patli va patsiz gilam turlari farklanadi. Qo’lda gilam to’qish O’rta Osiyoda, ayniqsa Turkmanistonda keng rivojlangan. Qo’lda gilam to’qish nihoyatda sermashaqqat ish, to’quvchidan qunt, did va mahorat talab qiladi. Patli gilamlarni to’qish ayniqsa murakkab.

Qo’lda to’qilgan gilam pati, naqsh mujassamoti asos ipiga rangli iplardan tugib bandlar hosil qilib yaratiladi, tugun uchi matoning yuza tomoniga chiqarib tekis qirqiladi, har bir qatordan so’ng arqoq ipi o’tkazib maxsus temir taroqqa urib avvalgisiga mahkamlanadi. Tayyor gilam maxsus kimyoviy moddalar yordamida yuviladi. Gilamlar turli hajmlarda tayyorlanadi. 20-a. 30-y. laridan keyingina pat bog’laydigan maxsus dastgohi korxonalar paydo bo’ldi (jumladan Andijondagi “mehnat guli” arteli). Sharq G. da ishlab chiqarilgan joyi, naqsh mujassamoti, sifati (qalinligi, patining uzunqisqaligi), rang echimi bilan bir-biridan farqlanadigan Eron, turk, turkman va Ozarbayjon gilamlari qadimdan mashhur.

manbaa: https://www.youtube.com/watch?v=csTzDkjacJY

Author: Uyushma axborot xizmati