"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Harbiy qismda o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida ko‘plab harbiy oilalar ishli bo‘ldi

Harbiy qismda o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida ko‘plab harbiy oilalar ishli bo‘ldi

Chirchiq shahridagi harbiy qismlarning birida “Harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtoqlari bandligini ta’minlash muhim vazifamiz” mavzusida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Unda Mudofaa vazirligi hamda Toshkent harbiy okrugi xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislari, Chirchiq harbiy prokuraturasi, “Xunarmand” uyushmasining Toshkent viloyati Chirchik tuman bulimi , turli  mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etishdi.

Ushbu mehnat yarmarkasi harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini tadbirkorlikka jalb qilish, ularga hunarmandchilik sirlarini o‘rgantish, bo‘sh ish o‘rinlarida faoliyat yuritishlarini ta’minlash bilan ham ahamiyatlidir.Tadbir jarayonida ayniqsa  “Xunarmand” uyushmasi tomonidan olib borilgan maxorat darslari bir qancha oilalarda xunarmand bo‘lish istagini uyg‘otdi.

Shuningdek, arzonlashtirilgan oziq-ovqat va hunarmandchilik mahsulotlari, turli badiiy kitoblar va o‘quv qurollari tashrif buyurganlarga birdek manzur bo‘ldi.

Uyushma Axborot xizmati