Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > «Feruza» hunarmandchilik markazi

«Feruza» hunarmandchilik markazi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 39 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, shulardan “Poygaboshi”, “Hunarmandlar”, “Pasurxi”, “Ko‘chkak”, “Shirinobod”, “Bibishirin”, “Toqchi”, “Sho‘rsoy” hamda “Gaza”da milliy hunarmandchilik mahallaning o‘sish nuqtalari hisoblanadi. Ularda aholi asosan temirchilik, do‘ppido‘zlik, kashtachilik, kulolchilik bilan shug‘ullanadi. Gazalik Feruza Xoliqova ham 15 yoshidan momolari hamda onasidan kashtachilik sirlarini o‘rganib, bugungi kunda o‘zi yuzdan ziyod shogirdlarga…

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 39 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, shulardan “Poygaboshi”, “Hunarmandlar”, “Pasurxi”, “Ko‘chkak”, “Shirinobod”, “Bibishirin”, “Toqchi”, “Sho‘rsoy” hamda “Gaza”da milliy hunarmandchilik mahallaning o‘sish nuqtalari hisoblanadi. Ularda aholi asosan temirchilik, do‘ppido‘zlik, kashtachilik, kulolchilik bilan shug‘ullanadi.

Gazalik Feruza Xoliqova ham 15 yoshidan momolari hamda onasidan kashtachilik sirlarini o‘rganib, bugungi kunda o‘zi yuzdan ziyod shogirdlarga ustozlik qiladi. U Gaza mahallasida ustoz-shogird an’analarini davom ettirish maqsadida “Feruza” hunarmandchilik o‘quv markazini ochgan.
Ushbu markazda mahallada istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari”, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”da turuvchi 20 dan ortiq ishsiz xotin-qizlar kashta va biser tikish hunarini egallamoqda.

Jonibek Qo‘zimurodov (surat),O‘zA

manbaa: https://uza.uz/oz/posts/feruza-hunarmandchilik-markazi_382071

Author: Uyushma axborot xizmati