Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Joriy yilning 21-25 may kunlari ilk marotaba Buxoroda bo‘lib o‘tadigan “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik” festivaliga tayyorgarlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda

Joriy yilning 21-25 may kunlari ilk marotaba Buxoroda bo‘lib o‘tadigan “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik” festivaliga tayyorgarlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda

Festival doirasida Buxoro shahridagi “Labi hovuz” ansambli maydonidan “Ark” qo‘rg‘oni hududigacha bo‘lgan yon-atrofda zardo‘zlik va zargarlik san’atiga oid turli ko‘rgazmalar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, qadimiy zardo‘zlik hamda zargarlik dastgohlari va mahsulotlarini yaratish jarayonlari,hunarmandchilikka oid badiiy, hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi, ularning sotuvi tashkil etilmoqda. Har bir hududning o‘ziga xos milliy hunarmandchiligi…

Festival doirasida Buxoro shahridagi “Labi hovuz” ansambli maydonidan “Ark” qo‘rg‘oni hududigacha bo‘lgan yon-atrofda zardo‘zlik va zargarlik san’atiga oid turli ko‘rgazmalar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, qadimiy zardo‘zlik hamda zargarlik dastgohlari va mahsulotlarini yaratish jarayonlari,hunarmandchilikka oid badiiy, hujjatli filmlar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi, ularning sotuvi tashkil etilmoqda.

Har bir hududning o‘ziga xos milliy hunarmandchiligi va madaniy hayotini aks ettiruvchi namunaviy hunarmandlar shaharchalari maketlari loyihasi ishlab chiqilib, shatyor ko‘rinishida o‘rnatilmoqda.

Shuningdek, shahrimizda  keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ham olib borilmoqda.

Author: Uyushma axborot xizmati