Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Tabiatdagi global iqlim o‘zgarishlari, Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq vaziyatning tobora keskin tus olayotgani ekologik xavfsizlikni g‘oyat dolzarb masalaga aylantirdi

“Tabiatdagi global iqlim o‘zgarishlari, Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq vaziyatning tobora keskin tus olayotgani ekologik xavfsizlikni g‘oyat dolzarb masalaga aylantirdi

Shu bois, Konstitusiyamizda ushbu yo‘nalishga doir ekologik-huquqiy normalar o‘z ifodasini topishi lozim.  Hech shubhasiz, bunday konstitusiyaviy o‘zgarishlar jamiyatimizda fuqarolarning ekologik huquqlari va majburiyatlari, ayniqsa, mansabdor shaxslarning tabiat himoyasi uchun mas’uliyatini keskin oshirish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Bu, o‘z navbatida, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarni yanada kuchaytirish imkonini beradi. Bir…

Shu bois, Konstitusiyamizda ushbu yo‘nalishga doir ekologik-huquqiy normalar o‘z ifodasini topishi lozim. 

Hech shubhasiz, bunday konstitusiyaviy o‘zgarishlar jamiyatimizda fuqarolarning ekologik huquqlari va majburiyatlari, ayniqsa, mansabdor shaxslarning tabiat himoyasi uchun mas’uliyatini keskin oshirish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Bu, o‘z navbatida, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarni yanada kuchaytirish imkonini beradi.

Bir so‘z bilan aytganda, davlatning erkaklar va ayollar, oilalar va bolalar, yoshlar va nuroniylar, nogironligi bor shaxslar, mamlakatda yoki uning tashqarisida bo‘lishidan qat’i nazar, barcha insonlar haqida qayg‘urishi Konstitusiyada mustahkamlanishi zarur”, dedi Prezident.

Author: Uyushma axborot xizmati