Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > “Hunarmand” uyushmasi hamkorligida “Islom dini terrorizmga qarshi” mavzuidagi ijtimoiy-siyosiy davra suhbati boʻlib oʻtdi.

“Hunarmand” uyushmasi hamkorligida “Islom dini terrorizmga qarshi” mavzuidagi ijtimoiy-siyosiy davra suhbati boʻlib oʻtdi.

2022-yil 26-aprel kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi hamkorligida “Islom dini terrorizmga qarshi” mavzuidagi ijtimoiy-siyosiy davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirda Respublika “Hunarmand” uyushmasi va uning hududiy boshqarmalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha mas’ul xodimlari (зоом orqali) qatnashdilar.

 Kirish soʻzi Uyushmaning yuriskonsulti  A.Iskanovga berildi. 

Bugungi kunda bizning mintaqamizda joylashgan mamlakatlarni, demokratik, huquqiy, dunyoviy taraqqiyot yoʻlidan qaytarishga urinayotgan turli xil ekstremistik kuchlar va markazlarning bu yerdagi xavfsizlikka rahna solish uchun koʻz tikkan joyi boʻlib qolmoqdaligini, bu yovuz kuchlar diniy ekstremizm va xalqaro terrorchilikni mintaqamizga yoyishga urinayotganini, bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida 16 diniy konfessiyaga mansub 2 238 diniy tashkilot faoliyat olib borayotganligini, ulardan 2064 tasi islomiy, 157 tasi xristian, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va Budda ibodatxonasi ekanligini, bulardan tashqari konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritayotganligi, diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, faoliyat borasida bir xil huquqqa ega ekanligini, ushbu diniy tashkilotlarning emin-erkin faoliyat olib borayotgani ham yurtimizda hukm surayotgan diniy bagʻrikenglikning amaliy ifodasi ekanligi haqida gapirib berdi.

 

Moderator tomonidan soʻz navbat bilan “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash amaliyoti va vazifalari” mavzusida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimi, tarix fanlari nomzodi, dotsent – Boʻri Qodirovga;

“Diniy ekstremistik tashkilotlarning asl maqsadi va faoliyat uslublari” mavzusida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimi – Ziyoda Akbarqulovaga;

“Islom ekstremizm va terrorizmni qoralaydi” mavzusida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita mas’ul xodimi – Nodir Shomirzayevlarga berildi va ular shu mavzularda oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

 

Suhbatdan soʻng ma’ruzachilar davra ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga  javob berdilar.

Author: Uyushma axborot xizmati