Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʼbek Аbdullaev Namangan viloyatida faoliyat olib borayotgan hunarmandlar bilan uchrashdi

Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʼbek Аbdullaev Namangan viloyatida faoliyat olib borayotgan hunarmandlar bilan uchrashdi

   2020 yilning 12- 13 may kuni Oʼzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʼbek Аbdullaev Namangan viloyatida faoliyat olib borayotgan hunarmandlar bilan uchrashdi.
Uyushma rahbari Namangan shahrida barpo etilishi rejalashtirilayotgan hunarmandlar xiyoboni va unda hunarmandlar uchun savdo rastalarining barpo etilishi borasida Namangan shahar hokimi Olim Isaev va viloyat, shahar arxitektura va qurilish boshqarmasi rahbarlari bilan uchrashib, ushbu masalalar ijrosi borasida gaplashib olindi. Muloqot chogʼida hunarmandlar xiyobonida mamlakatimizga tashrif buyuradigan sayyohlar uchun mahorat darslarining koʼrsatilishi uchun imkoniyati yaratilishi, savdo rastalarida hunarmandlarga qulayliklar va bir soʼz bilan aytganda maskan turizmni rivojlanishiga oʼz hissasini qoʼshish kerakli haqida soʼz yuritildi.
Shundan soʼng, “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulugʼbek Аbdullaev Namangan shahrida hunarmandchilikning kashtachilik yoʼnalishida faoliyat yuritayotgan usta hunarmand Tadjibaev Hakimjonning uyiga bordi va uning faoliyati bilan tanishdi. Uyushma rahbari hunarmandga mahsulotlarning eksporti borasida tavsiyalar berdi.

 Uyushma raisi Ulugʼbek Аbdullaev Uychi tumanida yashab hunarmandchilikning milliy liboslar yoʼnalishida faoliyat olib borayotgan 2 guruh nogironi hunarmand Noila Erkinova faoliyati bilan tanishish, undan hol-ahvol soʼrash masqsadida uning uyga bordi. Hunarmand Noila Erkinovaga Respublika “Hunarmand” uyushmasi tomonidan tikuv mashinasi hamda viloyat boshqarmasi tomonidan dazmol olib beriladigan boʼldi.
Shundan soʼng, Uyushma rahbari Ulugʼbek Аbdullaev Namangan viloyati Norin tumanidagi Hunarmandlar markazida hunarmandlar ishlari bilan tanishdi va ular bilan suhbatlashdi. Suhbat jarayonida kredit olishda muammoga duch kelayotgan hunarmandlar murojaat qilishdi. Ushbu muammolar joyida tijorat banklari va mutasaddi tashkilotlar koʼmagida hal qilib berildi. Shu bilan birgalikda hunarmandlarga xomashyoning yetkazilishida muammo borligi ayon boʼldi va bu masalaning yechimi boʼyicha viloyat boshqarmasi rahbariga tegishli topshiriq berildi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati