Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Chirchiq shahrida “Milliy hunardmandchilik markazi” tashkil etildi

Chirchiq shahrida “Milliy hunardmandchilik markazi” tashkil etildi

    Chirchiq shahar sektor rahbarlari tomonidan xozirgi pandemiya sharoitida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʼirlashgan hamda moddiy tomondan ehtiyojmand xisoblangan oilalarni alohida nazoratga olgan holda ularni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash, mexnatga layoqatli aholining bandligi taʼminlash orqali ularning band qilish uchun oʼzbek xalqining boy qadriyatlari va mexnatsevarligi orqali bugungi kungacha shakllanib sayqal topib kelgan milliy hunarmandchilikga jalb etish uchun aloxida “Markaz” tashkil etilib, ularga qulay shart-sharoit yaratib berildi.

    Chirchiq shahrida tashkil etilgan “Milliy hunardmandchilik markazi”da faoliyat koʼrsatayotgan 42 nafar hunarmandlarning har biriga Ustoz-shogird tamoyili asosida 10 nafardan hunarmanchilikka qiziqishi bor 420 nafar mehnatga layoqatli yoshlar, ayollar, kam taьminlanganlar biriktirilib, ularning bandligi taʼminlandi. Ushbu markazni ochilish marosimida sektor rahbari Toshkent viloyati prokurori Samadov Salom Ismatovich,

“Xunarmand ” uyushmasining tuman bulimi vakillari ishtirok etdi.

Uyushma Аxborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati