Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Kamilov Muzaffar Murotovich Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

Kamilov Muzaffar Murotovich Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Kamilov Muzaffar Murotovich Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori bo‘lib qoladi. Prezident maslahatchisi lavozimini egallab kelgan Shoazim Shoislamovich Minovarov O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi rahbari sifatida faoliyatini davom…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Kamilov Muzaffar Murotovich Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori bo‘lib qoladi. Prezident maslahatchisi lavozimini egallab kelgan Shoazim Shoislamovich Minovarov O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi rahbari sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Author: Uyushma axborot xizmati