"Hunarmand" uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Hurmatli televideniye va radio hamda bosma va internet nashrlari vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlar!

Hurmatli televideniye va radio hamda bosma va internet nashrlari vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlar!

2021 yil 10-11 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan poytaxtimizdagi “Navro‘z” etnografik bog‘ida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari auksion savdosi xayriya tadbiri tashkil qilmoqda. Kulolchilik mahsulotlari auksion savdosi sotuvidan tushgan mablag‘ning bir qismi mehribonlik uylariga xayriya tarzida o‘tkaziladi. Tadbirda yurtimizdagi barcha kulolchilik maktablarining usta kulollari, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan sulola vakillari, xalq…

2021 yil 10-11 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan poytaxtimizdagi “Navro‘z” etnografik bog‘ida “Kulollar sayli” milliy kulolchilik mahsulotlari auksion savdosi xayriya tadbiri tashkil qilmoqda. Kulolchilik mahsulotlari auksion savdosi sotuvidan tushgan mablag‘ning bir qismi mehribonlik uylariga xayriya tarzida o‘tkaziladi.

Tadbirda yurtimizdagi barcha kulolchilik maktablarining usta kulollari, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan sulola vakillari, xalq ustalarining mahsulotlarini ko‘rgazmasi, sumalak sayli va xalqimiz sevgan san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi tashkillashtirish ham ko‘zda tutilgan.

Tadbirning ochilish marosimi 2021 yilning 10 aprel kuni soat 11.00 da boshlanadi.
Milliy kulolchilik mahsulotlari auksion savdosi 10 aprel kuni soat 14.00 da boshlanadi.

Murojaat uchun – (71) 279-80-88
“Hunarmand” uyushmasi Axborot xizmati bo‘limi