Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Mahorat darslari > Hurmatli yurtdoshlar, poytaxtimiz mehmonlari!

Hurmatli yurtdoshlar, poytaxtimiz mehmonlari!

Respublika “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Chilonzor tumani hokimligi tomonidan joriy yilning  24-25 sentyabr kunlari Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi “Yu.Gagarin” nomli sayilgohda Respublika xalq hunarmandchiligi mahsulotlari ko‘rgazma- savdosi o‘tkaziladi. Respublika xalq hunarmandchiligi mahsulotlari ko‘rgazma-savdosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlardan jami 33 nafar va Toshkent shahridan 30 nafar hunarmandchilikning turli yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan usta-hunarmandlar o‘zlarining sara mahsulotlari…

Respublika “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Chilonzor tumani hokimligi tomonidan
joriy yilning  24-25 sentyabr kunlari Toshkent shahri
Chilonzor tumanidagi “Yu.Gagarin” nomli sayilgohda
Respublika xalq hunarmandchiligi mahsulotlari ko‘rgazma- savdosi o‘tkaziladi.

Respublika xalq hunarmandchiligi mahsulotlari ko‘rgazma-savdosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlardan jami 33 nafar va Toshkent shahridan 30 nafar hunarmandchilikning turli yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan usta-hunarmandlar o‘zlarining sara mahsulotlari bilan ishtirok etadi. Usta-hunarmandlar tomonidan mahorat darslari ham tashkil etiladi. Shuningdek, o‘zbek milliy ansanbli tomonidan tashkil etilgan madaniy tadbir namoyish etib boriladi.

(mo‘ljal: Chilonzor savdo majmuasi)

Author: Uyushma axborot xizmati