Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Har bir murojaat e’tiborda

Har bir murojaat e’tiborda

Ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzaxlik hunarmand nidosi: “Kredit ololmadim, subsidiya berishmadi, diplomim yo‘qligi uchun maktabda to‘garak ham ocholmadim” – degan mazmundagi murojaat e’lon qilingan edi. Ushbu murojaat Respublika “Hunarmand” uyushmasi rahbari topshirig‘iga asosan mas’ul xodimlar tomonidan o‘rganib chiqildi. Maqolada keltirilgan Ermon Bo‘ronov nomi bilan keltirilgan hunarmand Jizzax viloyati Forish tumani “Sayyod” MFYda yashovchi Abdalimov Ermon Bo‘ronovich “Hunarmand”…

Ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzaxlik hunarmand nidosi: “Kredit ololmadim, subsidiya berishmadi, diplomim yo‘qligi uchun maktabda to‘garak ham ocholmadim” – degan mazmundagi murojaat e’lon qilingan edi. Ushbu murojaat Respublika “Hunarmand” uyushmasi rahbari topshirig‘iga asosan mas’ul xodimlar tomonidan o‘rganib chiqildi.

Maqolada keltirilgan Ermon Bo‘ronov nomi bilan keltirilgan hunarmand Jizzax viloyati Forish tumani “Sayyod” MFYda yashovchi Abdalimov Ermon Bo‘ronovich “Hunarmand” uyushmasining a’zosi, hunarmandchilikning yog‘ochdan tayyorlangan xalq hunarmandchiligi yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatib keladi. U o‘zining yog‘ochdan tayyorlangan esdalik va ro‘zg‘or buyumlari bilan viloyat va Respublika miqyosidagi ko‘rgazma va festivallarning doimiy ishtirokchisi.

“Hunarmand” uyushmasi Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i vaqtincha bajaruvchisi Islom Alimov “Sayyod” MFY hokim yordamchisi Siroj Nosirov bilan Ermon Abdalimovga subsidiya ajratilishi borasida gaplashdi. Hokim yordamchisi xam mazkur masalada hunarmand bilan uchrashganini, xujjatlarni rasmiylashtirish “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda amalga oshiriladigan bo‘ldi. “Hunarmand” uyushmasi Forish tumani bo‘limi mutaxassissi Ruslan Yangiboyev hunarmand Ermon Abdalimov uyiga borib, hunarmand bilan suhbatlashdi va usta-shogird an’anasi asosida hunarmandning uyida hunar o‘rgatishga qaratilgan o‘quv kursi tashkil etish mumkiniligini tushuntirdi, ushba o‘quv kursida mahalladagi hunar o‘rganish istagi bor yoshlarni jalb etilishiga kelishildi.

Forish tumani “Sayyod” MFY hokim yordamchisi Siroj Nosirov, tuman hokimligi mahalla bilan ishlash agentligi markazi rahbari Farrux Karimovlar hunarmand bilan uchrashib suhbatlashdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabr kuni “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan «usta-shogird» an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandga —shogirdlar tayyorlashi, zarur xomashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlashi uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda subsidiya ajratilishi, shogirdlarga — mustaqil faoliyatini boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olishi uchun subsidiya berilishi tushuntirildi.

Hozirgi kunda “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi va tuman hokim yordamchisi birgalikda subsidiya olish uchun xujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini boshladilar. Shuningdek , hunarmand E.Abdalimov bilan bo‘lgan suhbatda hozirda imtiyozli kredit olishga istagi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. “Hunarmand” uyushmasi tuman bo‘limi vakillari ma’lumot uchun 2021 yil 27 mart sanasida “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5041 sonli qaror ijrosi bo‘yicha tashkil qilingan oilakredit.uz elektron platformasi orqali imtiyozli kredit olishga ariza berilishini tushuntirdilar. Keyinchalik hunarmandga imtiyozli kredit olish istagi bo‘lsa xujjatlar rasmiylashtirishga ko‘maklashishlarini aytdilar.

“Hunarmand” uyushmasi tomonidan tuman hokimligi bilan kelgusida hunarmandning faoliyatini kengaytirish uchun ustaxona ajratilishiga amaliy yordam berilishi borasida ham gaplashildi.

“Hunarmand” uyushmasi
Axborot xizmati

Author: Uyushma axborot xizmati