Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Buxoroda “Ipak va ziravorlar” festivali doirasida Galaosiyo shahrida “Naqshband” hunarmandchilik markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Buxoroda “Ipak va ziravorlar” festivali doirasida Galaosiyo shahrida “Naqshband” hunarmandchilik markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Ta’kidlanishicha, davlat rahbarining alohida e’tibor va tashabbusi bilan hunarmandchilikni rivojlantirishga juda katta imkoniyatlar yaratildi. Bu borada qator Farmon va Qarorlar qabul qilindi. Soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha qo‘llanilayotgan imtiyozlar, kredit mablag‘larini ajratishdagi yengilliklar hunarmandlar safini kengaytirmoqda. Natijada milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, bu orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an’analarini saqlab…

Ta’kidlanishicha, davlat rahbarining alohida e’tibor va tashabbusi bilan hunarmandchilikni rivojlantirishga juda katta imkoniyatlar yaratildi. Bu borada qator Farmon va Qarorlar qabul qilindi. Soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha qo‘llanilayotgan imtiyozlar, kredit mablag‘larini ajratishdagi yengilliklar hunarmandlar safini kengaytirmoqda.

Natijada milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, bu orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an’analarini saqlab qolish, band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlar va ayollarning hunarmandchilik bilan shug‘ullanishiga keng imkoniyat yaratildi.

-Buxoro tumanining Yangi shahar ko‘chasida joylashgan 1 gektar yer maydoni hududida hunarmandchilik markazi tashkil etildik, -deydi usta hunarmand, “Naqshband” hunarmandchilik markazining rahbari Akmal Muhiddinov.

– “Ipak va ziravorlar” festivali arafasida markazning ochilishi munosib tuhfa bo‘ldi desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu yerda qisqa vaqt ichida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi. Natijada ko‘rkam hunarmandlar markazi bunyod etildi. Markazda 30 dan ortiq hunarmandlar ish faoliyatini olib boradi.

Markazda ayni damda 40 dan ortiq yoshlar hunarmandchilik sirlarini o‘rganmoqda. Ustoz-shogird an’analarini davom ettirish va rivojlantirish, kasb-hunar sirlarini yoshlarga chuqurroq o‘rgatish maqsadida shogirdlar sonini yuz nafarga oshirish rejalashtirilgan.

Bu yerda kelgusida xorijlik hamda mahalliy sayyohlar uchun mahorat darslari tashkil etiladi. Hozirda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan hunarmandchilik yo‘nalishlaridan tashqari tosh o‘ymakorligi, xattotlik, miniatura yo‘nalishlarida ham o‘quv kurslari tashkil qilinadi.

Hunarmandchilik markazi asosiy uch binoga bo‘lingan. Birinchi binoda tasviriy san’at muzeyi, restoran hamda sayyohlar uchun mehmonxona o‘rin egallagan. Ikkinchi binoda Buxoro ipak qog‘ozi, kashtachilik namunalari, somondan tasviriy san’at asarlari tayyorlanadi. Uchinchi binoda esa yog‘och o‘ymakorligi ustaxonasi joylashgan.

👉  uza.uz

Author: Uyushma axborot xizmati