Hunarmand uyushmasi > Yangiliklar > Yangiliklar > Rishtonlik yosh kulollar bir manzilda jamlandi: tumanda uchinchi “Hunarmandlar markazi” ish boshladi

Rishtonlik yosh kulollar bir manzilda jamlandi: tumanda uchinchi “Hunarmandlar markazi” ish boshladi

Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rishton tumanida bo‘lib, “Qalaynav” MFYda barpo etilgan “Hunarmandlar markazi”ning tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Prezidentimizning 2021 yil 23 martdagi “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5033-son qarori ijrosi doirasida barpo etilgan ushbu majmua Rishton tumanida qurib bitkazilgan uchinchi Hunarmandlar markazi bo‘ldi. So‘nggi yilda tumanda ikkita Kulolchilik mahallasi tashkil etilgani…

Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Rishton tumanida bo‘lib, “Qalaynav” MFYda barpo etilgan “Hunarmandlar markazi”ning tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Prezidentimizning 2021 yil 23 martdagi “Kulolchilikni jadal rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5033-son qarori ijrosi doirasida barpo etilgan ushbu majmua Rishton tumanida qurib bitkazilgan uchinchi Hunarmandlar markazi bo‘ldi. So‘nggi yilda tumanda ikkita Kulolchilik mahallasi tashkil etilgani ham bu tuman iqtisodiyotining drayveri bo‘lgan bu sohaning ko‘lami yanada kengayishiga xizmat qiladi.

Ochilish tadbirida so‘z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tumanda kulolchilik sohasi jadal rivojlanib borayotganini qayd etib, kulolchilik mahsulotlarining ulgurji bozorini tashkil etish payti kelganiga e’tibor qaratdi. Shuningdek, tashkil etilayotgan Hunarmandlar markazlari faqat turistlarnigina emas, balki mahalliy aholini, keng iste’molchilar ommasini ham o‘ziga doimiy jalb etadigan maskanga aylanishi lozimligini ta’kidladi.
Batafsil: https://fergana.uz/site/view/news/11383298

Author: Uyushma axborot xizmati